Mavlono Nargisiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Nargisiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni Marv viloyatidan deb, zulm koʻrgan yigit sifatida tilga oladi. Faxriy Hirotiyning maʼlumotiga koʻra Mavlono Nargisiy Marvlik emas, balki Marvda Navoiy xizmatiga erishgan. U keyinchalik Abharning shayxzodasi sifatida shu oʻlka ahlining hurmatiga sazovor boʻlgan. Mavlono Nargisiy avvalida beboshlarga qoʻshilib, vaqtini behuda sarf qilgan boʻlsa, keyinchalik vaqtini asosan roʻza va namoz bilan oʻtkazgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltiriladi:

Onro, ki dardi ishqi tu devona soxta,

Majnun sifat ba goʻshai vayrona soxta.

(Mazmuni: Sening ishqing dardi kimni devona qilgan boʻlsa, Majnun kabi vayrona burchagini joy (makon) qildi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.