Mavlono Mushtariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mushtariy (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan Astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni oʻz davrining mashhur shoiri sifatida taʼriflab, quyidagi baytini keltiradi:

Soqiy agar mayam nadihad dar havoi gul.

Dasti man astu domani soqiyu poi gul.

(Mazmuni: Soqiy agar gul faslida may bermasa, mening qoʻlim soqiy etagida va gul oyogʻida boʻladi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.