Mavlono Muqimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Muqimiy (XV–XVI asr) – hirotlik zullisonayn shoir. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da uning darveshtabiatliligi, tasavvuf istilohlarini yaxshi bilishi, turkigoʻy boʻlgani uchun turkiycha soʻfiyona tarjeʼband yozgani va u ancha maʼqulligini aytib, takrorlanib keluvchi baytini keltiradi:

Sensen asli vujudi har mavjud,

Sendin oʻzga vujudda ne mavjud.

“Muhokamat ul-lugʻatayn”da ham uni oʻzigacha boʻlgan isteʼdodli turkigoʻy shoirlar qatorida tilga oladi[1][2].

Qabri Hirotda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.