Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Maqsud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Maqsud (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Mavlono Faxriddinning ukasi. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning muloyim tabʼli ekani, asosan gʻazal janrida ijod qilishga moyilgi borligini aytadi. “Majolis un-nafois”da quyidagi bayti keltirilgan:

Peshi mehri roʻi oʻ rah basta shud ohi maro,

To az on nabvad gʻubor oyinai mohi maro.

(Mazmuni: Uning oy yuzi oyinasiga gard yuqtirmaslik uchun jamoliga boʻlgan mehr qarshisida ohimning yoʻli bekildi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.