Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Majnun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Majnun (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir, Kamoliddin Mahmud Rafiqiy degan xattot va shoirning oʻgʻli. Uni “Majnun chapnavis” deb ham ataganlar. Chunki u “bozguna” teskari – (chapdan oʻngga qarab yozish usuli) xatining mohir ustasi boʻlgan. Mavlono Majnun “Risolai qavoidi xutut” (“Xat qoidalariga oid risola”) nomli asar yozgan. U harf shakllarini nuqta oʻlchovi tizimi asosiga qurgan. Xondamir M.M.ning yaxshi qasidalar yozgani haqida maʼlumot keltiradi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida uning nomini tilga olib, Mavlono Majnuning shoʻx tabʼi borligi, yaxshi husnixatga egaligi, “bozguna” xatini juda ravon bitishi haqida maʼlumot beradi va quyidagi baytini keltiradi:

Ba vaʼz meravamu zor-zor megiryam,

Bad-in bahona zi hijroni yor megiryam.

(Mazmuni: Vaʼz eshitishga boramanu zor-zor yigʻlayman. Buni bahona qilib yor hajrida yigʻlayman)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.