Mavlono Mahramiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Mahramiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning Astarobodda taniqli kishi boʻlgani, Xoja Mansurning akasi va ilm tolibi ekanligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Mudom voizi mo manʼi boda noʻsh kunad,

Chi xush buvadki, dame darkashad, xamoʻsh kunad.

(Mazmuni: Voizimiz har doim may ichishni manʼ qiladi: oʻzi shu

maydan bir sipqorsa-yu may uni vaysashdan bir dam toʻxtatsa, qanday yaxshi boʻlar edi!)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.