Mavlono Mahdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavono Mahdiy (XV–XVIasr) – fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Astarobod shahridan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:

Soqiy, nabuvad beadabiho ajab az mo,

Mo mardumi mastem, nayoyad adab az mo.

(Mazmuni: Ey soqiy, biz adabsizlik qilsak ajablanma. Biz mast kishilarmiz, bizlarda adab boʻlmaydi)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.