Mavlono Kavsariy II
Qiyofa
Mavlono Kavsariy II (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning yoshlikdan nazm aytishga iqtidori borligini, lekin ijod qilishga koʻp ragʻbat koʻrsatavermasligini, Xoja Osafiy bilan qilgan suhbatlari chogʻida baʼzan sheʼr bitishini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Muhtasib gar rind boshad dayrro dar vo kunad,
Bahri rindon boda az zeri zamin paydo kunad.
(Mazmuni: Muhtasib agar rind boʻlsa mayxona eshigini oʻzi ochib beradi. Rindlar uchun mayni yer ostidan boʻlsa ham paydo qiladi)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |