Mavlono Jaloliddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Jaloliddin (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1] uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiyuning Ali Zayniddin avlodidan ekanligi, muammo janrida shuhrat qozonganligi haqida maʼlumot beradi va “Ahmad” ismiga bitilgan quyidagi muammosini keltiradi:[2]

Ba jonibe ki dilamro raqib mexohad, Naxohad omadu roʻi habib mexohad.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.