Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Hoji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Hoji I (15-asr) – xurosonlik forsigoʻy shoir va din ulamosi. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning Mashhadda Imom Ali Muso ar-Rizo maqbarasida imom, “Gavharshodbegim” jomeʼ masjidida xatib lavozimida xizmat qilgani, fozil kishiligi va sunniy mazhabdaligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltirgan:

Kadom aysh-u tanaʼum buvad barobari inam

Ki, sar zi xob baroram saboh-u roʻyi tu binam.

(Mazmuni: Biror aysh va farovonlik erta bilan uyqudan bosh koʻtarib, sening yuzingni koʻrishga barobar kelmadi[1][2])

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.