Mavlono Gʻuboriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Gʻuboriy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning isfaroyindan ekanligini, faqir kishi boʻlib, koʻp vaqtini Astarobod, Isfaroyin, Joʻyan va Bahrobod viloyatlarida oʻtkazishini aytadi va quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Shabki, meraftam ba pahlui sagi on dilfi roʻz,

Xob dar chashmam nameomad zi shodi to ba roʻz.

(Mazmuni: Kechasi ul koʻngil yorituvchining iti yonidan oʻtar ekanman, shodligimdan tonggacha koʻzimga uyqu kelmadi)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy:Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.