Mavlono Gʻiyosiddin II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Gʻiyosiddin II (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning tolibi ilm va xushtabʼ yigit ekanligini, tabobat bilan mashgʻulligini, lekin badiiy ijoddagi shuhrati unga nisbatan koʻproq ekanligini taʼkidlaydi. Mavlono Gʻiyosiddin Nizomiy Ganjaviyning “Maxzan ul-asror”iga tatabbuʼ bitgan. “Majolis un-nafois”da Mavlono Gʻiyosiddining quyidagi bayti keltirilgan:

Ey sabo, k-on bogʻi orazro tamosho kardai,

Muztarib mebinamat, goʻyo gule vo kardai.

(Mazmuni: Ey sabo, ul (goʻzal) jamol bogʻini tamosho qildingmi? Seni gul gʻunchasini ochiltirgandek iztirobda koʻrayapman)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.