Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Bilol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Bilol (15-asr) – zullisonayn shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xushtabʼ va shirin kalom kishi ekanligi, turkiy va forsiyda sheʼrni yaxshi aytishini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi turkiy bayti keltirilgan:

Jon-u koʻnglumni jafo oʻti bila kuydurdingiz, Uylakim kul boʻldumu mendin koʻngul tindurdingiz.

Hirotda vafot etgan, Xojayi Toq qabris­tonida dafn etilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.