Mavlaviy Namangoniy ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlaviy Namangoniy ziyoratgohi — maqbara peshtoqida arabcha yozuvlar bilan yozilgan ma'lumotkarga ko'ra hijriy 1222-yil milodiy 1806-yillarda XVIII asrning ikkinchi yarmida yashagan mashhur shoir va olim Mavlaviy Mullaxo'ja xotirasiga atab qurilgan, Namangan viloyatida joylashgan ziyoratgoh.[1]

Mavlaviy Mullaxo'ja haqida ma'lumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlaviy Namangoniy haqida ilk ma'lumotlar Muhammad Aziz Namangoniy qalamiga mansub hamda shaxsiy kutubxonasidan o'rin olgan «Majzubi Namangoniy» qo'lyozma devonida va marg'ilonlik kotib Usmonxo'ja binni Muhammad Alixo'ja Marg'iloniyning «Risol ul-fuzalo» (Farg'ona vodiysining fozil kishilari haqida ma'lumot beruvchi kitob)da uchraydi.

Mavlaviy Namangoniy Namanganda Naqshbandiya tariqatining piri komili bo'lgan, shoir va olim sifatida tanilgan Abdulaziz Hasanxo'ja o'g'li Majzub Namangoniyning ustozi ham hisoblanadi.[2]

Maqbara qurilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlaviy Namangoniy maqbarasining qurilish tarixi bo'yicha asl yozma manbalar mavjud emas. Lekin maqbaraning ilk ta'miridan boshlab hozirgi kunga qadar o'tkazilgan me'morchilik ishlari va naqqoshlar haqida ayrim ma'lumotlar uchraydi. Xususan, namanganlik shoir Otaxon Nisoriy tomonidan maqbara ichki qismidagi devorlarga bitilgan yozuvlar shular jumlasidan.[3]

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlon buva majmuasida qabrdan janubroqda peshtoq — gumpazli ziyoratxona binosi qad rostlagan. Panjarali darchadan oddiy sag'ana ko'rinib turadi.

Teng tomonli tarhdagi ziyoratxona (7x7 m), peshtoq janub tomonga qaragan. Peshtoqning ikki yoniga bezaklari g'oyat hashamdor bo'lgan ikkita minora qad rostlagan, an'anaviy mezanalar o'rniga uch boshqichli konus ishlangan.

Bosh fasad juda ham ta'sirchan ishlangan bo'lib, bu yerda mehrobiy va to'g'ri burchakli tanchalar ishlangan. Peshtoqning yuqorisiga terilgan tokchalar bezak vazifasini o'taydi. Boshqa fasadlar tekis bo'lib g'ishtlar suvoqsiz qoldirilgan.

Bino ichi ganch suvoq qilinib, unga moybo'yoq bilan gul solingan. G'arbiy devorda tekis chiqib ishlangan mehrob mavjud. Izofalarida gulli guldon va chiroylik naqshlar tasvirlangan, arab imlosida she'rlar bitilgan[4]

Joylashgan joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ziyoratgoh Namangan shahrining shimoliy-sharqiy qismida, shimoliy Farg'ona kanalining qirg'og'ida joylashgan.

Bugungi kunda[tahrir | manbasini tahrirlash]

110 gektar maydonni egallagan "Mavlono" qabristoni Namangan shahrining eng katta va ko‘plab ulug‘larimiz dafn etilgan tabarruk joyi hisoblanadi. Bu yerni obod qilish ham savob, ham ma'naviyat, ham tarbiya bo‘ladi – deydi viloyat hokimi.[5] Hozirgi kunda ushbu hududni obodonlashtirish bo'yicha hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar qilinmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Кўҳна манзил - Мавлавий Намангоний мақбариси тарихи | Ko'hna manzillar“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  2. Акрам Шарипов. „Азиз авлиёлар ҳаётига назар (биринчи мақола)“ (o'zbek) (2023-yil 2-may). Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  3. Тожиахмедова Муяссар Хайдаровна. Исторические памятники города Наманган (rus), 2014. 
  4. Baxtiyor Eraliyev, Ikromiddin Ostonaqulov, Nodirjon Abdulahatov. O'zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. Andijon va Namangan viloyatlari / Ikkinchi kitob, Toshkent, 2014-yil — 201 bet. 
  5. „"Mavlono" qabristoni va "Mavlaviy Namongoniy" maqbarasi obod qilinadi“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavlono qabristoni va Mavlaviy Namangoniy maqbarasi