Matxoliq qiziq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matxoliq qiziq (1840-1910, Andijon) — Fargʻona qiziqchilar teatrining taniqli aktyori. 1870— 72 yillar Zokir eshon toʻdasida ishlagan. 1892-yil Andijonda Ashir qiziq, Bashir qiziq, Orif garmon Toshmatov, Kal Nazir, Hasan qiziq, Joʻra qiziqlardan iborat oʻz toʻdasini tashkil qilgan. U qiziqchiliklarda eshon ("Zarkokil"), domla (Hoji kampir"), qozi ("Ketmon tilash") kabi obrazlari bilan muvaffaqiyat qozongan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil