Matti Nykänen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matti Nykänen
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud paytidagi ismi Matti Ensio Nykänen
Fuqaroligi  Finlandiya
Tavallud sanasi 17-iyul 1963-yil
Jyväskylä, Finlandiya
Vafot sanasi 4-fevral 2019-yil(2019-02-04)
(55 yoshda)
Jyväskylä, Finlandiya
Sport
Qaysi sport (Changʻida sakrash)

Matti Ensio Nykänen — (1963-yil 17-iyulda tavallud topgan – 2019-yil 4-fevralda vafot etgan)[1]. 1981-yildan 1991-yilgacha musobaqalarda qatnashgan finlandiyalik changʻi sportchisi. Barcha davrlarning eng buyuk erkak changʻi hisoblanadi. Matti beshta qishki Olimpiya medalini (toʻrtta oltin), toʻqqizta jahon chempionati medalini (beshta oltin) va Finlandiya chempionatining 22 medalini (14 oltin) qoʻlga kiritgan[1]. Eng muhimi, u 1988-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan va niderlandiyalik Ivon van Gennip bilan birga qishda eng koʻp medal olgan sportchiga aylanishgan.

Nykänen — bu sportning barcha beshta muhim musobaqalarida gʻolib chiqqan yagona changʻi sportchisi: Qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medal (uch marta), changʻida sakrash boʻyicha jahon chempionati (bir marta), changʻida uchish boʻyicha jahon chempionati (bir marta), toʻrtta Jahon kubogining umumiy unvonlari va Toʻrt tepalik turnirlarini (ikki marta) oʻz ichiga oladi. Uning toʻrtta Jahon kubogi gʻolibi Adam Małysz bilan boʻlgan barcha vaqtlardagi erkaklar rekordidir. Nykänen tarixda changʻi uchish boʻyicha besh karra jahon rekordchisi boʻlib qolmoqda.

1990-yillardan boshlab Nykänenning mashhur shaxs sifatidagi maqomi asosan uning shaxsiy munosabatlari, estrada xonandasi sifatidagi faoliyati va koʻpincha spirtli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish va zoʻravonlik bilan bogʻliq turli hodisalar bilan bogʻlangan. U 2004-yilda pichoqbozlik voqeasidan keyin 26 oyga, 2009-yilda esa xotiniga nisbatan qilgan zoʻravonligidan keyin yana 16 oyga qamoq jazosiga hukm qilingan[2].

Changʻida sakrash faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matti Nykänenning Olimpiya, Jahon chempionati va Finlandiya medallari Sport muzeyida. Toʻplam Finlandiya sport muzeyi fondiga tegishli

1980-yillarning koʻp qismida Sharqiy germaniyalik Nykänen va Jens Weißflog sportda ustunlik qilishgan. Nykänen 1984-yilda Sarayevoda boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritgan. Uning 17,5 ochko jamgʻargan oltin medaldagi gʻalabasi oʻsha paytdagi Olimpiya oʻyinlari tarixidagi eng yirik gʻalaba hisoblangan. 1988-yilda Kalgaridagi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ham birinchi boʻlib ikkala tepalik boʻyicha ham oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

1985-yilda Planikada 191 metr masofaga ucha olgan, bu jahon rekordi Piotr Fijas (Polsha) 1987-yilda yana Planikada 194 metrga uchgunga qadar qisqa vaqt ichida saqlanib turgan.  Uning boshqa yutuqlari qatoriga Jahon chempionati darajasidagi jami toʻqqizta medallar (beshta oltin) ham kiradi. Bundan tashqari jami 46 Jahon kubogi musobaqalarida gʻolib boʻlgan (hozirgi rekordchi Gregor Shlierenzauer, Avstriya) va toʻrt marta umumiy chempionlikni qoʻlga kiritgan (shuningdek, rekord, hozirda Adam Małysz Polsha). 

Matti ikki marta nufuzli Toʻrt tepalik turnirida gʻolib boʻlgan[3]. U XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida besh marta qatnashgan va har safar medallarni qoʻlga kiritgan. Nykänen, shuningdek, Xolmenkollen changʻi festivalida ikki marta (1982-yil, 1985-yil) changʻida sakrash musobaqasida gʻolib boʻlgan. 1987-yilda Nykänen Xolmenkollen medali bilan taqdirlangan (Hermann Vaynbux bilan birgalikda).

2008-yil 28-fevralda changʻidan sakrash boʻyicha faxriylar oʻrtasidagi Xalqaro profesionallar chempionatida gʻolib boʻlgan[4].

Beshta jahon rekordiga ega yagona shaxs[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yil 16-martda ikki marta 182 metr (597 fut) balandlikda changʻida sakrash boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan[5][6][7]. Ertasi kuni esa 185 metr (607 fut)ga uchib Oberstdorfdagi musobaqa tarixiga, Gʻarbiy Germaniyada nomini muhirlab qoʻygan[8][9].

1985-yil 15-martda 187 metr (614 fut) va 191 metr (627 fut) balandlikda changʻida sakrash boʻyicha ikkita jahon rekordini oʻrnatgan, ikkalasi ham Yugoslaviyaning Planitsa shahridagi Velikanka Bratov Gorishekda majmuasida analga oshirilgan[10][11].

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadbir Oddiy tepalik Katta tepalik Jamoaviy
Yugoslaviya 1984-yil Sareyevo Kumush Oltin Yoʻq
Kanada1988-yil Kalgari Oltin Oltin Oltin

Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Umumiy natijalar 4H SF
1980—1981-yil 26 Yoʻq
1981—1982-yil 4 11 Yoʻq
1982—1983-yil 1st 1st Yoʻq
1983—1984-yil 2nd 3rd Yoʻq
1984—1985-yil 1st 2nd Yoʻq
1985—1986-yil 1st Yoʻq
1986—1987-yil 6 65 Yoʻq
1987—1988-yil 1st 1st Yoʻq
1988—1989-yil 9 2nd Yoʻq
1989—1990-yil 19 16 Yoʻq
1990—1991-yil

Changʻida sakrash boʻyicha jahon rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matti jami beshta jahon rekordini oʻrnatgan, bu tarixdagi changʻichilar orasida eng koʻpi hisoblanadi.

Sana Tepalik Manzil Metr Ballar
1984-yil 16-mart  Heini-Klopfer-Skiflugschanze K182 Oberstdorf, Gʻarbiy Germaniya 182 597
1984-yil 16-mart  Heini-Klopfer-Skiflugschanze K182 Oberstdorf, Gʻarbiy Germaniya 182 597
1984-yil 17-mart  Heini-Klopfer-Skiflugschanze K182 Oberstdorf, Gʻarbiy Germaniya 185 607
1985-yil 15-mart  Velikanka bratov Gorišek K185 Planitsa, Yugoslaviya 187 614
1985-yil 15-mart  Velikanka bratov Gorišek K185 Planitsa, Yugoslaviya 191 627

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matti Nykänen Finlandiyada harbiy xizmatda, 1984-yil

Nykänen olti marta uylangan:

Tiina Hassinen (1986—1988-yillar), bir oʻgʻil bor[12].

Pia Hynninen (1989—1991-yillar), bir qizi bor[12].

Sari Paanala (1996—1998-yillar)[12] (Nykänen shu nikoh paytida familiyasini Paanalaga oʻzgartirgan[13])

Mervi Tapola (2001—2003-yillar, 2004—2010-yillarda qayta turmush qurgan)

Pia Talonpoika (2014 -vafotiga qadar).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Troubled Finnish ski jumping legend Matti Nykänen dead at 55“ (inglizcha). Yle News (4-fevral 2019-yil). Qaraldi: 5-fevral 2019-yil.
  2. Young, Brett; Sarkar, Pritha. „Ski jumping-Olympic champion Nykanen handed 16-month jail term“. Reuters (24-avgust 2010-yil). Qaraldi: 29-mart 2011-yil.
  3. „home.no“. Home.no. Qaraldi: 4-fevral 2019-yil.
  4. The Winter Olympics. The Mountaineers Books — 225 bet. ISBN 9781594853272. 
  5. „Rekordni polet 182 m (page 1)“ (slovencha). Delo (17-mart 1984-yil).
  6. „Že prvi dan v Oberstdorfu Nykänen svetovni rekorder (page 6)“ (slovencha). Delo (17-mart 1984-yil).
  7. „Matti Nykänen - Oberstdorf 1984 - 182 m - World record“. YouTube (18-mart 2017-yil). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  8. „Nykänen na smučeh poletel 185 metrov (page 1)“ (slovencha). Delo (19-mart 1984-yil).
  9. „Matti Nykänen zasenčil vse: rekord 185 m in dve zmagi!“ (slovencha). Delo (19-mart 1984-yil).
  10. „V manj kot dveh urah trije svetovni rekordi in kup državnih (page 5)“ (slovencha). Delo (16-mart 1985-yil).
  11. „Matti Nykänen - Planica 1985 - 191 m - World record“. YouTube (15-mart 1985-yil). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 „Nykänen, Matti – 7 päivää“. Seiska.fi (5-oktabr 2007-yil). 2012-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2017-yil.
  13. „Nykäsestä Paanalaksi | Elävä arkisto“. yle.fi. Qaraldi: 29-mart 2011-yil. [sayt ishlamaydi]