Matthew Konan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matthew Konan
Konan "Adirondack Phantoms" klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 3-sentyabr 1991-yil (1991-09-03) (32 yosh)
Tustin, Kaliforniya,AQSH
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 182 lb (83 kg; 13 st 0 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Philadelphia Flyers
Jamoalardagi faoliyat 2012—2016

Matthew Thomas Konan (talaffuzi: Metyu Tomas Konan) (1991-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Matthew  Konan yaqinda ECHL vakili „Tulsa Oilers“ xokkey jamoasida oʻynagan. Matthew  Konan ilgari 2012—2013-yilgi mavsumda „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safida (Milliy xokkey ligasida (NHL)) 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Matthew  Konan 2004-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida "Los Angeles" kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Shundan soʻng, Matthew  Konan 2007-yildan 2012-yilgacha WHLning „Medicine Hat Tigers“ xokkey jamoasida oʻsmirlar darajasida xokkey oʻynagan. Matthew  Konan klub safida besh mavsum davomida 301 ta oʻyin oʻtkazib, 107 ochko toʻplagan[2].

2012-yil 2-aprelda Matthew  Konan „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3]. Matthew  Konan 2012—2013-yilgi mavsumning koʻp qismini AHLda oʻtkazdi. Matthew  Konan AHL vakili „Adirondack Phantoms“ xokkey klubi bilan 45 ta oʻyin oʻtkazdi. Matthew  Konanning „Adirondack Phantoms“ xokkey klubidagi faoliyati tugaganidan soʻng, u „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Matthew  Konan NHLdagi ilk oʻyinini 2013-yil 25-aprelda „New York Islanders“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazdi[4].

2013-yilning 20-dekabrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Matthew  Konanga nisbatan „Norfolk Admirals“ xokkey klubi vakili Dave Steckel tirsagi bilan o‘ynadi va Matthew  Konan jiddiy jarohat olib, o‘yinni tark etdi[5][6]. Matthew  Konan jarohat tufayli keyingi 15 oyni oʻtkazib yubordi. Shundan soʻng, Matthew  Konan 2014—2015-yilgi mavsumining oxirida „Lehigh Valley Phantoms“ xokkey klubi bilan 3 ta oʻyinda maydonga tushdi[5][6]. Matthew  Konanning klub bilan imzolagan boshlangʻich darajadagi shartnomasi 2014—2015-yilgi mavsumdan keyin tugadi. „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi Matthew  Konanga NHL huquqlarini saqlab qolish uchun saralash taklifini bermadi, bu esa uni cheklanmagan erkin agentga aylantirdi[7].

2015-yil 5-oktyabrda Matthew  Konan ECHLning „Tulsa Oilers“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2007—2008 Medicine Hat Tigers WHL 42 0 4 4 21 3 0 0 0 0
2008—2009 Medicine Hat Tigers WHL 61 1 11 12 53 11 0 1 1 10
2009—2010 Medicine Hat Tigers WHL 65 5 15 20 117 12 1 4 5 10
2010—2011 Medicine Hat Tigers WHL 61 4 13 17 69 15 0 6 6 15
2011—2012 Medicine Hat Tigers WHL 72 9 45 54 73 8 2 3 5 14
2012—2013 Trenton Titans ECHL 5 0 1 1 2
2012—2013 Adirondack Phantoms AHL 45 2 4 6 54
2012—2013 Philadelphia Flyers NHL 2 0 0 0 0
2013—2014 Adirondack Phantoms AHL 26 0 2 2 22
2014—2015 Lehigh Valley Phantoms AHL 3 0 0 0 0
2015—2016 Tulsa Oilers ECHL 46 3 14 17 39
NHL jami 2 0 0 0 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  2. Bill Meltzer. „'Overager' Konan looks forward to rookie season“. Philadelphia Flyers (2012-yil 14-iyul). Qaraldi: 2013-yil 22-aprel.
  3. „Flyers sign free agents Mangene, Konan“. Philadelphia Flyers (2012-yil 2-aprel). Qaraldi: 2013-yil 22-aprel.
  4. „KONAN IN“. Philadelphia Flyers (2012-yil 25-aprel). Qaraldi: 2013-yil 25-aprel.
  5. 5,0 5,1 Blockus. „Lehigh Valley Phantoms' Danick Martel stands tall despite stature“ (2015-yil 16-aprel). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „Phantoms Fall in Norfolk AHL Finale“. Lehigh Valley Phantoms (2015-yil 17-aprel). Qaraldi: 2015-yil 3-oktyabr.
  7. „Philadelphia Flyers Transactions“. NBC Sports. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-oktyabr.
  8. „ECHL Transactions - Oct. 5“. ECHL (2015-yil 5-oktyabr). 2015-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.