Matrap

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matrap — bedana va boshqa yovvoyi parrandalarni ovlash uchun ishlatiladigan an-jom. Uzun dasta (2,5–3 m atrofida) va uning uchiga oʻrnatiladigan toʻr xaltali chambarak (diametri 1 — 1,5 m) dan iborat. Dasta, odatda, tol daraxtidan, chambarak tut daraxti novdasidan, toʻr xalta esa bakuvvat paxta ip yoki kapron ipdan tayyorlanadi. Toʻr xaltaning koʻzi ovlanadigan parranda chiqib keta olmaydigan kattalikda boʻladi. Parranda oʻtloqdan uchganida M. bilan ilib olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil