Matnazar Jabbor oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matnazar Jabbor oʻgʻli (19061977, Xorazm viloyati Hazorasp tumani) — oʻzbek xalq baxshisi. Qoraqal-poq jirovi Qurbonboy Tojiboy oʻgʻlining shogirdi. Shuning uchun ham uning repertuarida Xorazmda tarqalmagan "Alpomish", "Qurbonbek", "Shirin bilan Shakar" kabi dostonlar mavjud. U mazkur dostonlarni Xorazm dostonchilik anʼanalariga moslashtirgan. Xalqdostonlarini qoʻbizda ijro etgan. Undan yozib olingan "Qorakoʻz oyim" dostoni nashr etilgan (1967).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil