Materik etagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Materik etagi, kontinent etagi — materiklarning suv ostidagi chekka qismining asosiy elementlaridan biri; materik yon bagʻri bilan okean kaʼri orasida joylashgan. Geologik tuzilishiga koʻra, Yer poʻstining okean tubidagi qismi bilan materik qismining qoʻshilgan joyidagi qalin choʻkindilardan hosil boʻlgan bukilma. Geomorfologik jihatdan Materik etagi, koʻpincha, bir oz pastbaland qiya tekislikdir. Organik dunyosi materik yon bagʻridan koʻra kamroq, okean qaʼrining organik dunyosi miqsoriga deyarli teng keladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil