Mass-spektrometrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mass-spektrometrlar - moddaning ionlashgan zarralari (molekula, atomlari)ni massalari boʻyicha aniqlaydigan (ajratadigan) asboblar. Ishi magnit va elektr maydonlarining boʻshliq (vakuum) dagi ionlar dastasiga koʻrsatadigan taʼsiriga asoslangan. Statik va dinamik M.-s.lar boʻladi. Statik M.-s.ning ishi oʻzgarmas magnit va elektr maydonlardagi ionlarning temperaturayektoriyasi nisbati t/ye ga bogʻliq, bunda t—ion massasi, ye— elektr zaryad. Dinamik M.-s.ning ishi esa, asosan, ionlarning manbadan kollektorgacha boʻlgan masofani oʻtish vaqtiga yoki oʻzgaruvchan elektr va magnit maydonlardagi tebranish davriga asoslanadi. Qayd qilish uslubiga koʻra, M.-s. ionlar dastasini fotografik qayd qiluvchi va ion tokini elektr asboblar bilan qayd qiluvchi xillarga boʻlinadi.

M.-s.ning asosiy qismlari: ion manbalari (tekshirilayotgan modda ionlashib, maʼlum yoʻnalishda ion dasta hosil qilinadi); analizator (asosan, ion manbaidan chiqayotgan ion dastasini ionlarning massasi, zaryadiga qarab bir necha ion dastaga ajratadi); qabul qilish qurilma-s i (bir yoki bir necha maxsus elektrodlar — ion kollektor). Ion kollektorlari ion toki kuchaytirgichlari va hisoblash asboblariga ulanadi. M.-s.da, shuningdek, tekshirilayotgan gazsimon moddani ion manbaiga oʻtkazuvchi qurilma, vakuum manometrlar sistemasi, ion tutqichlar, ion manbai va 10~7 — 10~5 mm sim. ust. bosimini vujudga keltiruvchi vakuum nasoslar boʻladi. M.-s.ning ion manbai, analizator va ion toki kuchaytirgichlari turgʻun tok manbaiga ulanadi. Atom yadrosi spektroskopiyasida maxsus spektrometrlar — alfa- va beta-spektrometrlari mavjud. M.-s. fizika va texnikada, biologiya va tibbiyot, sanoat va boshqa sohalarda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil