Mass
Mass, Myoz — Fransiya, Belgiya va Niderlandiyadagi daryo. Uz. 925 km, havzasining maydoni 36 ming km². Ardenna togʻlaridan boshlanib, Oʻrta Yevropa tekisligidan oqadi va Reyn daryosi deltasining jan. tarmogʻiga quyiladi. Qor va yomgʻir suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 300–400 m³/sek. Qish va bahorda toʻlib oqadi. Yuqori qismidan boshlab kema qatnaydi, kanallar orqali Shelda, Sena, Reyn va boshqa daryolar bilan bogʻlangan. M. boʻyida Verden (Fransiya), Namyur, Lyej (Belgiya), Maastrixt (Niderlandiya) shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |