Maskaren orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maskaren orollari - Hind okeanidagi orollar guruhi. Madagaskar o.dan sharqda. Maydoni 4486 km². Eng yirik orollari: Reyunon (Fransiya mulki), Mavrikiy va Rodriges (Mavrikiy davlati tarkibida). Vulkan jinslaridan tarkib topgan. Eng balandjoyi 3069 m (Reyunon o.da). Soʻnmagan vulkanlar bor. Iklimi tropik, passatli iqlim. Yillik yogʻin 1300–2000 mm. Togʻlar doim yashil tropik oʻrmonlar va savannalar bilan qoplangan. Shakarqamish, kokos palmasi, choy, kofe, vanil yetishtiriladi. 1507 yilda orollarni dastlab tadqiq etgan por-tugaliyalik sayyoh Pedru di Maskare-nyans nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil