Mashq (musiqada)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mashq, musiqada — sozanda va xonanda tomonidan kuy va ashulalarni ustozlar koʻrsatmasi asosida oʻzlashtirish, ijrochilik mahoratini oshirish uchun qilinadigan maxsus tayyorgarlik. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida yakka chol-gʻu asboblarida yoki ansambl boʻlib ijro etilgan kuylar ham M. deyilgan. Masalan, Munojot M., Choʻli Iroq M., Nasrulloyi M. i va h. k. Ashula yoʻllarining cholgʻu variantlari musiqa asarining M. i (cholgʻu yoʻli) deyilgan (mas, Mashqi Chorgoh kabi). Sozandalar esa mashshoq, yaʼni M. qiluvchi (kuyni soz bilan ijro etuvchi) deb atalgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil