Mashhura Egamovna Mavloniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mavloniy Mashhura Egamovna (1934.4.12, Toshkent) — mikrobiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), biologiya fanlari doktori (1971). Toshkent politexnika institutining kimyotexnologiya fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimi (1960—61), katta ilmiy xodimi (1962—65), 1965 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya boʻlimi (1977 yildan instituti)da sanoat mikrobiologiyasi laboratoriya mudiri. Oʻzbekistonda sanoat mikrobiologiyasi asoschisi. M. Oʻrta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi. Zararkunanda mikroorganizmlarga qarshi kurash usullarini ishlab chiqdi. Sporasiz zamburugʻlar tasnifining yangi sxemasini tuzdi. Gamma va lazer nurlari taʼsirida sanoat uchun muhim boʻlgan faol mutantlar topdi va amaliyotga tatbiq etdi.

Manbalar[tahrir]

  • Proizvodstvo kormovogo belka v Oʻzbekistane, T., 1988; Mikrobialnaya porcha konservirovannix produktov i puti yeyo predotvrasheniya, T., 1990; Umumiy mikrobiologiya, T., 2003.