Roʻzimat Masharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Masharipov Roʻzimatdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Roʻzimat Masharipov (1895 - Xiva — 1968.19.3) — meʼmor va naqqosh. Naqqoshlik, ganchkorlik va meʼmorlikni otasi usta Masharipdan oʻrgangan. M. ijodida anʼanaviy meʼmorlik va bezak sanʼati zamonaviy uslub bilan uygunlashgan. Polvonkrri (1905), Mamad Maxram (1908), Husaynbek (1910) madrasalari, Mamad yasovul uyi (1910), Asfandiyorxon uyi (1911), Dishan qalʼadagi qoʻsh darvoza (1912), xonning shahar tashqarisidagi Tozabogʻ saroyi (1914) va boshqalarni qurish va bezatishda qatnashgan. 1915 yildan koʻplab turar joylar, jamoat binolarini kurgan va bezagan. 1947 yil M. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Xiva zalini bezashda shogirdlari bilan qatnashgan, 1950—60-yillarda Xivadagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. Kuplab shogirdlar tayyorlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil