Maryamoy Sattorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maryamoy Saidovna Sattorova (1964.14.5, Shahrisabz) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Musiqadan ilk saboqni E. Boymurodovdan olgan. Toshkent konservatoriyasini anʼanaviy xonandalik ixtisosligi boʻyicha (F. Mamadaliyev sinfida) tugatgan (1990). Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1988—2000), "Oʻzbeknavo" birlashmasida (2000 yildan) yakka xonanda. Diapazoni va nafasi keng, kuchli va yorqin ovoz sohibasi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz ashula yoʻllari ("Chorgoh", "Feruz", "Samarqand ushshogʻi", "Suvora", "Saraxbori Dugoh" kabi), 20-asr bastakor ("Munojot", I. Ikromov; "Soginurman", "Yor oʻlmasin", F. Mamadaliyev; "Tengi yoʻq", O. Hotamov va boshqalar) va kompozitorlar ("Ayriliq", D.

Omonullayeva va boshqalar) asarlari oʻrin olgan. S. ijro etgan ashulalar 2 ta grammplastinka (1983, 1984) va 3 ta kompakt disk (1996, 2003)ga yozilgan. Uning ijodiga bagʻishlab Oʻzbekiston televideniyesi tomonidan 2 ta telefilm suratga olingan (1997, 2000). Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil