Martinu Boguslav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Martinu Boguslav (1890.8.12, Chexiyadagi Polichka shahri — 1959.28.8, Shvey-sariyaning Listal shahri) — chex kompozitori va sozandasi, 20-asr milliy kom-pozitorlik maktabi asoschilaridan. Chexiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1931). Praga konservatoriyasida skripka, organ va kompozitsiyadan taʼlim olgan (1906—13). 1941—53 yillari AQSH shaharlaridagi oʻquv yurtlarida dare bergan. Ijodiy uslubi ovozlarning erkin harakatlaridan iborat polifoniya, ritmik oʻtkir ohanglar, joʻshqinlik, shuningdek, kuchli kinoyali yumor, qahramo-nona dramatizm va vazmin lirikaga asoslangan simfonik tafakkurdan tashkil topgan. Ijodida opera (eng mashhurlari: "Julyetta", 1938; "Ariadna", 1958 va boshqalar), balet ("Ishtar", 1924; "Shpalichek", 1933 va boshqalar), oratoriya ("Gilgamesh", 1955) va kantata ("Chex rapsodiyasi", 1918; "Dala messasi", 1938) janrlari ustuvor oʻrin tutadi. Shu bilan birga, "Liditse haykali" nomli simfonik marsiya (1943), 6 ta simfoniyasi (1942—1953), fortepiano va orkestr uchun 5 ta konserti (1925—56), qator oʻzga partituralari M.ni simfonizmning yirik namoyandasi darajasiga koʻtargan. Bularda kompozitor chex folklori va eng zamonaviy ijodiy uslublarni uzviy bogʻlashga muyassar boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil