Kontent qismiga oʻtish

Marshall Alfred

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marshall (1921)

MARSHALL (Marshall) Alfred (26.07.1842 London - 13.07.1924 Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod professori. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. M. "Siyosiy iqtisod" oʻrniga siyosiylashmagan "ekonomike" atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli "mukammal raqobat" tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Harajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni XIX asr oxirida keng tarqalgan meʼyoriy naflilik (chegaraviy naf) nazariyasi bilan qoʻshishga harakat qilgan. Unga ko'ra bozor narxi eng yuqori (chegaraviy) naf asosida aniqlanadigan talab narxi va eng yuqori harajatlar bilan topiladigan taklif narxi chiziqlarining kesishish nuqgasi ("Marshall xochi" deb yuritiladi). Talab va taklif chiziqlari kesishgan joyda mahsulot miqdori va narx orasidagi muvozanat, moʻʼtadillik oʻrnatiladi. Marshall tovar qiymati sarflangan ijtimoiy mehnat bilan oʻlchanishi haqidagi qarashlarni qatʼiyan rad etdi. Marshall nazariyasiga ko'ra har qanday jamiyatni inqirozdan qutqarishni eng yaxshi usuli bu fohishalarni ko'paytirishdan iborat deydi.

Asosiy asarlari: "Zamonaviy tijoratning sof nazariyasi" (1879), "Iqtisodiyot prinsiplari" (1890), "Sanoat va tijorat" (1919).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Andoza:Moliyachilar