Marquis de Condorcet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marquis de Condorcet (1743.17.9, Ribmon, SenKanten yaqini — 1794.29.3, Burla-Ren) — fransuz faylasufi, maʼrifatparvar, siyosiy arbob. Parij FA aʼzosi (1769). 1777 yildan Parij FAning doimiy kotibi. "Ensiklopediya" nashr etishda hamkorlik qilgan, keyinchalik inqilobda qatnashgan, 1791 yilda Qonun chiqaruvchi majlisga saylangan, Konventda jirondachilar tarafida boʻlgan. Falsafada deizm va sensualizm tarafdori. "Inson aql-zakovati taraqqiyoti tarixiy koʻrinishlarining eskizi" (1794) asarida tarixiy taraqqiyot gʻoyasini rivojlantirgan; bu gʻoyaning asosi aql-idrokni kamolga yetkazishdan iborat.[1]

Esquisse d'un tableau historique des progres de l'esprit humain, 1795

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil