Markuze Gerbert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MARKUZE (Marcuse) Gerbert (1898. 19.7, Berlin — 1979.29.7, Shtarnberg) — nemis-amerika faylasufi va sotsiolog . 1934 yildan AQShda. Fan va texnika rivojlangan jamiyatda inqilobiy oʻzgarishlar qilish tashabbusi "qoloqlar" (lyumpenlar, ishsizlar) va radikal ziyolilar hamda talabalar tomoniga oʻtadi, deb uqtirgan. Kurashning oshkora shakllarini "parlament oʻyini" sifatida baholab, ulardan voz kechishni talab qilgan. M. gʻoyalari Gʻarbda soʻl ekstremistik kuchlar dunyoqarashiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Asosiy asarlari: "Eros va sivilizatsiya" (1955), "Loqayd inson" (1964), "Psixologik taxlil va siyosat" (6nashri, 1980).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil