Markov Andrey Andreyevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Markov

Markov Andrey Andreyevich [1856.2(14).6, Ryazan- 1922.20.7, Petrograd] — rus matematigi. Peterburg FA akad. (1890). Peterburg untini tugatgan (1878), prof. (1886). M. ehtimollar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. U katta sonlar qonunini eng umumiy shartlarda isbot qilgan. M. fanga (ke-yinchalik uning nomi bilan atalgan — Markov zanjirlari, Markov jarayonlari) maxsus bogʻlanishga ega boʻlgan tasodifiy miqdorlar ketma-ketligini kiritgan va ular uchun markaziy limit teoremani isbot qilgan (q. Limit teoremalar). Markov jarayonlari fizika, texnika, biologiya va b. sohalarda koʻplab tatbiq etiladi. M.ning eng kichik kvadratlar usulini asoslashga bagʻishlangan ishlari ham bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil