Andrey Markov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |

Andrey Andreyevich Markov [1856.2(14).6, Ryazan – 1922.20.7, Petrograd] — rus matematigi. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1890). Peterburg universitetini tugatgan (1878), professor (1886). Markov ehtimollar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. U katta sonlar qonunini eng umumiy shartlarda isbot qilgan. Markov fanga (ke-yinchalik uning nomi bilan atalgan – Markov zanjirlari, Markov jarayonlari) maxsus bogʻlanishga ega boʻlgan tasodifiy miqdorlar ketma-ketligini kiritgan va ular uchun markaziy limit teoremani isbot qilgan. Markov jarayonlari fizika, texnika, biologiya va boshqa sohalarda koʻplab tatbiq etiladi. Markovning eng kichik kvadratlar usulini asoslashga bagʻishlangan ishlari ham bor[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Markov Andrey Andreyevich" OʻzME. M-harfi (Wayback Machine saytida 2021-08-30 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |