Kontent qismiga oʻtish

Marketing xizmatlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Marketing xizmatlari — maxsus tayyorgarlik koʻrgan marketologlar guruhi, uyushmasi, boʻlimi va boshqarmasining faoliyat majmui. Marketing xizmatlari isteʼmolchilarga xizmat qiladi va ularning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi. Xoʻjalik koʻrsatkichlarini yaxshilash; korxonaning yuqori foyda olish yoʻllarini topish; bozorlar sigʻimi va imkoniyatlarini tahlil qilish; talab va taklif muvozanati, baho, soliqlar tizimi va bozor elementlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, tovarlarni takomillashtirish, reklamalarni uyushtirish marketing xizmatlarining asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Shuningdek, Marketing xizmatlari jonli va umumlashgan mehnat resurslaridan foydalanish normativlarini aniqlashda ishtirok etadi; tovarlarni oqilona sotishni tashkil qiladi, moddiytexnika taʼminoti masalalarini hal etadi; sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarni iqtisodiy va texnikaviy holatini tahlil qiladi; korxonaning yaqin va uzoq istiqbolini belgilashda ishtirok etadi, ishlab chiqarishni marketing nuqtai nazaridan operativ tarzda tashkil etadi; mehnatni va unga haq toʻlashni yuqori darajada olib borish bilan shugʻullanadi.

Oʻzbekistonda marketing xizmatlarini Vazirlar Mahkamasi qoshidagi marketing departamenti, vazirliklarning marketing bosh boshqarmalari, korxonalarning marketing boʻlimlari va guruhlari amalga oshiradi[1].

Oʻzbekistondagi marketing xizmatlari bozori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marketing xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda marketing xizmatlari bozori so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Raqamli texnologiyalar, onlayn savdo va brendlashtirish xizmatlariga talab oshgani sari, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Aksariyat agentliklar ixtisoslashgan yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi, jumladan: SMM (ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing), kontent yaratish, reklama kampaniyalari, brending va marketing tadqiqotlari.

Quyida Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan ayrim yirik agentliklar keltirilgan:

  • DORA Marketing — 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Marketing xizmatlari, veb-sayt ishlab chiqish, videomarketing va brend strategiyalari kabi yo‘nalishlarda xizmatlar ko‘rsatadi. Kompaniya 300 dan ortiq loyihani amalga oshirgan.
  • MA'NO Branding — brend identifikatsiyasi, logotip yaratish, vizual kontent ishlab chiqish kabi xizmatlar bilan tanilgan.

Nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi organlar - Marketing xizmatlari sohasi Oʻzbekiston Respublikasida bir necha davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi va tartibga solinadi. Ular marketing faoliyatining qonunchilikka muvofiqligini, iste’molchi huquqlarining himoyasini hamda raqobat muhitining saqlanishini ta’minlaydi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi - Ushbu qo‘mita reklama va marketing faoliyatidagi noto‘g‘ri axborot tarqatish holatlarini nazorat qiladi. Adolatsiz raqobatga qarshi kurashish, chalg‘ituvchi yoki noqonuniy reklama holatlarini aniqlash va bartaraf etish vakolatiga ega.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi - Reklama materiallari, ijtimoiy axborot va ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan kontent ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi. Shuningdek, axborot siyosatining muvofiqligini ta'minlash va OAV faoliyatini tartibga solish bilan shug‘ullanadi.

Oʻzbekiston marketing assotsiatsiyasi - Professional uyushma bo‘lib, mamlakatdagi marketing sohasining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Marketing bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish, treninglar tashkil etish, soha axloq kodeksini targ‘ib qilish kabi vazifalarni bajaradi.

  1. „Marketing xizmatlari“. OʻzME. M-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil