Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi oqibatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi oqibatlari Dunyo bo'yicha iqlim o'zgarishi kuzatilishi oqibatida sayyoradagi o'rtacha harorat miqdori +1 gradusdan yuqorini tashkil etmoqda. Bu harorat tashqi iqlim bilan solishtirganda past va sezilmas harorat bo'lishi mumkin. Ammo iqlim oz'garishini belgilovchi o'rtacha harorat qiymatida katta harorat sanaladi. Sanoat inqilobi boshlangandan beri sayyorada iqlim o'zgarishiga sababchi bo'luvchi CO2 gazi miqdori 50% ga oshgan, Karbonat angidrid gazi bu yer sayyorasida quyosh nurlarini tutib qolishi natijasida yer yuzasida o'rtacha iqlim harorati ko'tarilishiga olib keladi. Sanoat inqilobi natijasida inson yoqilg'i resurslaridan keng foydalanishi natijasida sayyoraga ko'p miqdorda inert gazlar, karbonat angidrid va boshqa turdagi zaxarli chuqindilar chiqara boshladi. Buning natijasida sayyoradgi o'rtacha harorat 1970-yilga nisbatan 1.1% ga yuqoriladi[1]. Haroratning ko'tarilishi natijasida yer yuzasida yog'inlar miqdorining o'zgarishi, o'rmon yong'inlari, cho'llashish, muzliklarning shiddat bilan erishi natijasida dengiz suv sathining ko'tarilishi kabi tabiat hodisalari keng namoyon bo'la boshladi. Xususan 1880-yildan beri dunyo okeanining suv sathi 21-24 santimetrga ko'tarildi, 2022-yilga kelib esa 1993-yilgi dunyo okeani sathidan rekorda darajada 101,2 santimetr suv sathi yuqoriladi[2]. Dengiz sathining global ko'tarilish tezligi tezlashmoqda: 2006-2015 yillarda u 2006-2015 yillarda yiliga 0,06 dyuymdan (1,4 millimetr) 20-asrning katta qismida ikki baravar ko'paydi. Jumladan 2021-yil Shveytsariyaning Glazgo shahrida BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasida mayda mitti orollarda tashkil topgan va ayni vaqtda global ishish natijasida toboro suv ostida qolib boraytotgan davlat hisoblangan Tuvalu mamlakatining tashqi ishlar vaziri Simon Kofe o'z nutqini dengizda turgancha nutq olib borishi yanada bu dunyo davlatlarining iqlim o'zgarishiga qarshi sayyoraviy urashga qarshi kurashish uchun bir chaqiriq bo'lib hisoblandi[3]. Shuningdek bu dunyo bo'yicha XX asrda boshlangan global iqlim o'zgarishi Markaziy Osiyo mintaqasida ham ta'sir ko'rsata boshlagan. Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishining ta'siri XX asrning 1970-yillar kuzatila boshlagan. Mintaqadagi ekologik muommolarning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bu suvdan samarasiz foydalanish, sanoatlashuv, havoning ifloslanishi, o'rmonlarni kesish, melioratsiya, qishloq xo'jaligidan chiqayotgan zararli kimyoviy birikmalar, cho'llashish asosiy sabablar sanaladi. Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiy-ijtimoiy geografik nuqtai nazardan O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Tojikiston davlatlaridan tashkil topgan.

Markaziy Osiyodagi eng katta ekologik muommolardan biri bu Orol dengizining qurishi hisoblanadi. Orol dengizi XX asrning 60-yillaridan boshlab Amudaryo va Sirdaryodandan kam miqdorda suv kelishi natijasida sohillari chekina boshlagan[4]. Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi oqibatida eng ko'p zarar ko'rayotgan davlatlar O'zbekiston va Turkmaniston davlatlari bo'lib turibdi. MArkaziy Osiyo 2000-2016 yillar davomida iqlim o'zgarishi natijasida qurg'oqchilikdan 2 mlrd AQSh dollaridan ziyod zarar ko'rgan[5].

Current/past Köppen climate classification Markaziy Osiyo bo'yicha iqlim mintaqalariga ajratib olish
Predicted Köppen climate classification map for Southern Asia for 2071–2100


O'zbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv muommosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy Osiyoda suv resurslarining notekis taqsimlanishi natijasida, Mintaqadagi eng yirik daryolarning suv sathi pasayishi, gidro inshoatlarni jadallik bilan qurish hamda yangi o'zlashtiriladigan yerlar uchun su'orma dehqonchilikdan foydalanish natijasida suv taqchil;lgi yuzaga kelmoqda. O'zbekistonni kesib o'tuvchi eng yirik daryo Amudaryo daryosi boshanish irmoqlaridan Afg'oniston shimoliy hududlarini sug;orma dehqonchilikda foydalanish uchun Qo'shtepa kanali ishga tushirilishi natijasida Turkmaniston va O'zbekiston uchun suv taqchilligi muommolarini yuzaga keltira boshlashi mumkin.

Qozog'iston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozog'iston mintaqadagi eng katta iqtisodiyotga ega bo'lgan davlat sanaladi. Qozog'istonda foydali qazilmalarni qazib olish hamda uni qayta ishlash, markaziy va janubiy Qozog'iston hududularida katta miqyosda qishloq xo'jalogidan foydalanish natijasida suv resurslarining isrof bo'lishi, qishloq xo'jaligi yer resurslari kimyoviy birikmalar bilan zaharlanishi, Sharqiy Qozog'iston hududlarida esa 2023-yil kuzatilgan katta o'rmon yong'inlari shular jumlasidandir[6]. Qozog'iston 2023-yil iqlim o'zgarishi prognozlariga ko'ra Parij kelishuvi 1.5 gradus harorat chekloviga amal qilmayotganligi, mamlakat to'laqonli muqobil energiya resurslariga o'tmaganligi yoki mamlakatda energiya ishlab chiqarishda muqobil energiyaning ulushi atiga 3,5% ni tashkil etishi holatlari iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda Qozg'istonning eng katta kamchiliklaridan biri bo'lib sanalmoqda. Agarda Qozog;iston shu saylda dunyo davlatlariga o'rnak bo'ladigan bo'lsa iqlim o'zgarishi dunyo miqyosida 3-4* da tezlashishini prognoz qilishmoqda[7]. Jumladan Qozog'iston Parij kelishuviga binoan o'z oldiga qo'ygan muqobil energiya istiqbollariga ham erishishi ishonmayapti jumaladan mamlakatda hozirda ishlab chiqarilayotgan jami energiyaning atiga 3,5% muqobil energiya manbalariga to'g'ri kelmoqda. Bu ko'rsatgich 2030-yilga kelib 10%, 2060-yilga kelib 70% ko'zlangan maqsadlarga ersishish juda pastligi va xalqaro maydon bunga ishonmasligini takidlab o'tdi[8]. Qozog'istonda XXI asrdan gavdalangan yana yangi biri ekologik muommolardan biri bu sanoatlashuv natijasida havoning ifloslanish ko'rsatgichi hisoblanib, hozirgi kunda havoga ishlab chiqaruvchi korxonlar tamonidan 20 milliard tonnadan ziyod zaxarli gazlar chiqarilgan. Jumladan Qozog'istonda ishlab chiqarish va inson omili natijasida ayrim aholi yashash manzilgohlarida ruxsat etilgan ko'rsatgichdan 8-10 barobar ko'pni tashkil qilomoqsa. Qozog'istonning faqatgina 2 ta eng yirik Aqtau va Petropavlovskiy shaharlarida havoning me'yoriy tozaligi qayd etilgan. Qozog'sitonda yiliga atmosferaga 2,5 million tonna chiqindi gazlar chiqirilishi bu ko'rsatgich esa yiligi 100 ming tonnaga oshib borishi holati kuzatilmoqda. Agarda mamlakat vaqtida iqlimiy me'yorlarga e'tibor qaratmasa 2030-yulga kelib ushbu ko'rsatgich 3,6 million tonnani tashkiul etishi mumkin[9]. Qoozg'istondagi yirik iqlim o'zgarishi natijasida sodir bo'lgan ekologik muomolaridan yana biri bu syuv resurslari isrof bo'lishidir. Qozog'sitonda hozirgi kunda kelib jami 35 ta gidrografik obyekt foyda;anishi ekologik jihatdan zaharlangan sanaladi. Bular qatoriga deyarli qurib bo'lgan Orol denhizi hamda Balxash ko'li, Kaspiy dengizi shular jumlasidandir. Qozog'istonning Balxash ko'lida iqlim oz;garishi natijasida tuzga kelgan ekologik muommolardan biri bu ko'l u o'z hajmini yo'qota boshladi. Ko'l suvlarida tuzlarning yuqori konsentratsiyasi, oltingugurt dioksidi, og'ir metallar va zaharli changlar miqdori toboro yildan yilga miqdori ko'payib bormoqda. Suvdan kuchli sayozlik va noratsional foydalanish muammosi mavjud. Kaspiy dengizi har yili o'z-o'zini tozalash qobiliyatini yo'qotmoqda. Neft resurslarini qazib olish esa G'arbiy Qozog'iston hududida iqlimiy me'yorlarning ko'tarilishi, sohil hududlarida neft mahsulotlarining dengiz suvini ifloslantirishi muommolarini keltirib chiqarmoqda.

Aholiga ta'siri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozog'istonda iqlim o'zgarishi natijasida Birlashgan Millatlar tashkilotining hisobotiga ko'ra 30 ta bevosita va bilvosita salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aholiga tabiiy geografik omillar zilzilalar, surilmalar, ko'chkilar, sellar va cho'llashish muomoasi. Aholi orasida toboro avj olib boradigan toza ichimlik suvining yetishmasligi buning natijasida toza ichimlik suvi taqchilligi yoki ichimlik suvining sifatining buzilishi ortida o'pka yurak qon tomir tizimlarida kasalliklarning ko'payishi holatlari kuzatilishi mumkin. atrof muhitning haroratining oshishi natijasida yurak qon tomir tizimi va o'pka kasalliklari ko'payishi natijasida o'lim sonining oshishi, Atmosfera sifatining yomonlashishi turli respirator, allergik va onkologik kasalliklarning ko'payishiga olib keladi, Iqlimning isishi tabiiy o'choqli yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasiga ta'sir qiladi, masalan, vabo, gepatit A, bezgak kabilarning yanada avj olishiga zamin yaratmoqda. bilvosita salbiy oqibatlar qatoriga esa aholis orasida ruhiy kasalliklarning ko'payishi, ayollarda esa iqlim o'zgarishi natijasida reproduktiv salomatligining buzilishi va yangi tug'ilgan chaqolaoqlarda turli kasalliklar bilan dunyoga kelishi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste'mol qilishda esa, oziq-ovqatning kamayishi va narxining oshishi, ochlik va to'yib ovqatlanmaslik, yog'in miqdorining kamayib ketishi natijasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarida pestitsidlar va kimyoviy moddalardan ko'p foydalanish natijasida oziq ovqatlarda zaxarlanish holatlari kuzatilishi mumkin[10]. ijtimoiy va iqtisodiy muommolardan esa voha va cho'l hududlardan aholining migratsiya qilishi, yerlarning qarovsiz qolishi, yangi yashash qulay bo'lgan hududlarda aholi yashah bosimining oshib ketishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Suv muommosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv resurslarining holati havo harorati va yog'ingarchilikning o'zgarishiga va ularning ekstremal ko'rinishlariga bevosita javob beradi. Qozog‘iston allaqachon suv resurslari tanqisligini boshdan kechira boshlagan. Prognozlarga ko'ra, 2040 yilga borib mamlakat o'z ehtiyojlarining 50 foizini tashkil etuvchi muhim kamchiliklarga duch kelishi mumkin. Iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari suvga bog'liq bo'lganligi sababli, uning tanqisligi tufayli hududlarda yalpi ichki mahsulotning suv bilan ta'minlanishi 2050 yilga borib 6 foizga kamayishi mumkin[11]. Mutaxassislarning fikricha, Qozog‘istonda suv resurslari tanqisligi sabablari tabiiy sharoit bilan bog‘liq (daryo oqimining 90 foizi bahorda); qo'shni davlatlar hududida oqar suvning qariyb yarmini shakllantirishga; sug'orish uchun suv iste'moli va suv yo'qotishlaridan keng foydalanish. Shunday qilib, Qozog'istonda sug'orish suvi unumdorligi boshqa mamlakatlarga nisbatan olti-sakkiz baravar past. Qozogʻiston daryosi oqimining 44 foizdan ortigʻi boshqa davlatlar hududida hosil boʻladi, shuning uchun defitsit birinchi navbatda qoʻshni mamlakatlarda suvdan intensiv foydalanish hisobiga yuzaga keladi. Afsuski, Qozog‘istonning suvdan noratsional foydalanish darajasi boshqa mamlakatlarnikiga o‘xshaydi. Iqlim o'zgarishi uning oqibatlarini kuchaytiradi, bu esa daryo suvi mavjudligini kamaytiradi. Salomatlik bir necha bor: o'rtacha yillik havo harorati ortadi; qishda erishning soni va davomiyligi oshadi va erning muzlash chuqurligi pasayadi, bu esa erigan suvning daryolarni to'ldirish o'rniga tuproqqa oqib chiqishiga olib keladi; iliq buloq esa suvning bug'lanishiga olib keladi va suv omborlariga quyilish o'rniga atmosferaga kiradi. Bu daryolar rejimlarining o'zgarishiga olib keladi. Biz allaqachon Ural (Joyq), Tobol, Ili, Irtish va Yesil kabi daryolarning shovullashini ko'rmoqdamiz.Masalan, so‘nggi 15 yil ichida Ural daryosining suv sathi uch marta pasaygan. Ikki yil oldin daryo rekord darajadagi sayozlikni boshdan kechirdi. 2019-yilning 23-avgust kuni O‘rolsk shahrining bir qancha tumanlari aholisi ichimlik suvisiz uyg‘ondi. Shahar suvning 60 foizini daryodan va 40 foizini yer usti suvlaridan foydalanadi. Iqlim o'zgarishi Ural daryosining suv bosishining yagona sababi emas. Iriklinskoye suv ombori Ural daryosining yuqori oqimidan suv to'playdi, lekin uni quyi oqimiga qo'yib yubormaydi. Bugungi kunda daryo havzasida Iriklinskoedan tashqari har birida kamida 10 million kub metr suv hajmi bo'lgan 12 ta yirik suv ombori mavjud. Ural transchegaraviy daryo bo‘lgani uchun Qozog‘iston va Rossiya muammoni hal qilishda hamkorlik qilishi kerak. Qozog'istonda suv resurslarining foydalanish va ifloslanish darajasiga qarab sinflarga ajartailgan. Mamlakatda nisbatan toza va ichishga yaroqli bo'lgan daryo bu Irtish daryosi va Xitoydan oqib kelu=uvchi Qorz Irtish hisoblanadi. ushbu daryo suvi o'zini tezda qayta tiklaydi va toza ichimlik suvi sifatida ham ishlatiladi. Shuningdek bunday daryolar va gidroligik havzalar Qozogʻistonning janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi asosiy daryolar va ularning irmoqlari kiradi. Qozog'istonda eng suvi ifloslangan va yaroqsiz suvi sifatida esa asosan shahar atrofi hududlari, hamda yirik sanoat markazlari yaqinidagi gidrologik obyektlar sanaladi. Ulardan biri Chelyabinsk viloyatining Parij qishlog‘i yaqinidan boshlanib, Qozog‘iston bilan chegarani Qostanay viloyatidan kesib o‘tuvchi Tog‘izoq daryosidir. Ekologlar Tog‘izoqning er usti suvlarida nikel kontsentratsiyasi fon darajasidan oshib ketishini aniqladilar. Yana bir shimoliy suv arteriyasi Ayet, shuningdek, Qirg‘iziston bilan chegaradosh Qorabalta daryosi ham eng ifloslar qatoriga kiradi. Ammo Qozog'istonda 2021 yilga nisbatan ekologlar tomonidan oxirgi ikki, eng iflos toifadagi suv havzalari soni 14 tadan 9 taga kamaydi. 2022 yilda transchegaraviy daryolar er usti suvlarining yuqori va o'ta yuqori darajada ifloslanishi holatlari yomon tomonga o'zgardi[12].

Cho'llashish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi bosqich (2005-2007):

Buzilgan yerlarni inventarizatsiya qilish va baholash; aholining barcha guruhlarini cho'llanishga qarshi kurash bo'yicha qarorlar qabul qilish jarayoniga xabardor qilish va jalb qilish; erlarni qayta tiklash yoki ularning degradatsiyasining oldini olish bo'yicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Ikkinchi bosqich (2008-2010):

Qozog'istonning resurs bazasini saqlash va tiklashni ta'minlaydigan barqaror erni boshqarishning normativ-huquqiy talablari va iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; Xalqaro ekologik konventsiyalarning birlashgan holda bajarilishini ta'minlash; qurg'oqchilikning yanada cho'llanish va salbiy ta'sirini oldini olish va ko'lamini qisqartirish; Uchinchi bosqich (2011-2015): cho'llanishga qarshi kurash chora-tadbirlarini mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga integratsiyalash; Yerlarning cho'llanishiga qarshi kurashish va ularning oldini olish, ularning qulayligini saqlash[13]

Qirg'iziston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.bbc.com/news/science-environment-24021772 What is climate change? A really simple guide
  2. Global Sea level https://www.climate.gov/news-features/understanding-climate/climate-change-global-sea-level
  3. https://www.reuters.com/business/cop/tuvalu-minister-stands-sea-film-cop26-speech-show-climate-change-2021-11-08/ Tuvalu minister stands in sea to film COP26 speech to show climate change
  4. Orol kecha va bugun, Geografiya.uz
  5. Марказий Осиё 16 йил ичида қурғоқчиликдан 2 миллиард доллардан кўпроқ зарар кўрди https://demokrat.uz/2023/10/18/markazij-osiyo-16-jil-ichida-qurgoqchilikdan-2-milliard-dollardan-koproq-zarar-kordi
  6. Qozog‘istonda o‘rmon yong‘inlari: 14 kishi halok bo‘ldi, O‘zbekiston prezidenti hamdardlik yo‘lladi
  7. https://ccpi.org/country/kaz/Kazakhstan[sayt ishlamaydi] is still far away from its 2030 renewable target
  8. https://ccpi.org/country/kaz/ Kazakhstan is still far away from its 2030 renewable target
  9. https://www.nur.kz/family/school/1666860-ekologicheskie-problemy-kazakhstana/?ysclid=ljyi780idz933825585 Экологические проблемы Казахстана и пути их решения
  10. https://www.undp.org/kazakhstan/news/reducing-temperatures-kazakhstan-takes-action-against-climate-change Reducing temperatures: Kazakhstan takes action against climate change
  11. https://www.undp.org/kazakhstan/stories/climate-change-impact-water-resources-kazakhstan The climate change impact on water resources in Kazakhstan
  12. https://spik.kz/nazvani-samie-zagryaznennie-reki-kazakhstana?ysclid=lk9s4or0rn79930288 Названы самые загрязненные реки Казахстана
  13. https://desertification.wordpress.com/2015/01/29/desertification-in-kazakhstan/ Desertification in Kazakhstan