Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki (MOHTB) -Markaziy Osiyo mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishga yordam koʻrsa-tuvchi xalqaro bank. 1994-yil 8-iyulda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Respublikalari oʻrtasida "Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qoʻshma kelishuvga asosan taʼsis etilgan. Taʼsischilari Oʻzbekiston, Krzogʻiston, Qirgʻiziston hukumatlari. 1998-yilda davlatlararo kengashning qarori bilan Tojikiston Respublikasi ham bank taʼsischilari sifatida aʼzo qilib olindi. Bankning ustav kapitali 12 mln. AQSH dollari. Markaziy Osiyo Hamkorlshi tashkiloti katnashchilari boʻlgan mamlakatlar Bosh vazirlari kengashining 1997-yil 14-martdagi qarori asosida 1997-yil oktabr oyida Toshkentda MOHTBning shoʻʼba banki ochildi. Bank zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida respublika hukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni ham qoʻshib, investitsiya loyihalarini moliyalash vazifasi yuklatilgan. MOHTB Olmaota shahridagi Bosh bank hamda Toshkent va Bishkek shaharlaridagi shoʻʼba banklardan iborat.

.MOHTB Toshkent shoʻʼba banki oʻz faoliyati davomida uyali va xalqaro rouming alokalarini rivojlantirish dasturi boʻyicha "Koskom" qoʻshma korxonasini 1 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻ bilan taʼminladi. Bundan tashqari, ipakni qayta ishlaydigan "Adeliyabaxt" aksiyadorlik jamiyatiga 98 ming , kabel mahsulotlari ishlab chikaradigan "Spektr" qoʻshma korxonasiga 473,3 ming AQSH dollari miqsorida mablagʻ ajratilgan. Shoʻʼba bank bilan xorijiy Dresdner Bank AG va Commers Bank AG oʻrtasida vakillik munosabatlari oʻrnatilgan. Shoʻʼba bankning ustav kapitali 4275 mln. soʻm, majburiyatlari 996 mln. soʻm, daromadi 1442 mln.soʻm (2003-yil 1-yanvar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil