Markaziy Litva gerbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy Litva gerbi
Mamlakat Markaziy Litva
Qabul qilindi 12-oktyabr 1920-yil
Bekor qilindi 18-aprel 1922-yil

Markaziy Litva gerbi — Markaziy Litva Respublikasining gerbi boʻlib xizmat qiluvchi ramz. U 1920-yil 12-oktabrda tashkil etilgan va 1922-yil 18-aprelgacha, davlat oʻz faoliyatini toʻxtatgunga qadar amalda boʻlgan[1].

Dizayni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerbda rasmiy ravishda burgut va Pahonia (ot ustidagi ritsar) tasvirlangan[2]. Oʻng tomonda toj kiygan kumush (oq) burgut, chap tomonda esa kumush (oq) Pahonia; sakrayotga ot ustida oʻng qoʻlida qilich, chap qoʻlida esa Lotaringiya xochi tasvirangan qalqon tutgan ritsardan iborat. Ikkala tasvir ham kumush (oq) qirrali qizil fon ichiga joylashtirilgan[1]. Uning dizayni 1831-yil noyabr qoʻzgʻoloni chogʻida Polsha milliy hukumati tomonidan qoʻllanilgan gerbga taalluqli edi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gerb davlat ramzi sifatida 1920-yil 12-noyabrda Markaziy Litva armiyasi boshligʻining 1-sonli farmonida qabul qilingan[4]. 1922-yil 18-aprelda Markaziy Litva Respublikasi Polsha tarkibiga kiritilganidan keyin gerbdan foydalanish toʻxtatilgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 S. K. Kuczyński: Polskie herby ziemskie, Warsaw, 1994.
  2. Władysław A. Serczyk: Dzieje Polski: 1918—1939 : wybór materiałów źródłowych. Kraków: Krajowa Agencja Wydawnicza, 1990. p. 130.
  3. „Wirtualne muzeum Orła białego“ (pl).
  4. Decree No. 1 of the Chief-in-command of the Army of Central Lithuania, Journal of Laws of the Provisional Governing Commission, 17 November 1920, No. 1, position 1.