Markazdan qochma kuch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Markazdan qochma kuch — moddiy nuqta (jism) ning erkin harakatini cheklab, uni egri chiziq boʻylab harakatlanishga majbur etadigan kuch. Miqdor jihatdan mv2/p ga teng (t — jism massasi, x> — jism tezligi, r — moddiy nuqtaning egrilik radi-usi) va egrilik markazidan markazga intilma kuchga qarama-qarshi yoʻnalgan. Masalan, arqonga bogʻlangan tosh (moddiy nuqta) gorizontal tekislikda aylantirilsa, markazga intilma kuch arqon tomondan toshga taʼsir etib, uni aylana boʻyicha harakatlanishga majbur etadi. Markazdan qochma kuch k. esa tosh tomondan arqonga taʼsir etib, arqonni taranglashtiradi va, hatto, uzishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil