Mark Waddington

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Waddington
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mark Thomas Waddington[1]
Tavallud sanasi 11-oktyabr 1996-yil (1996-10-11) (27 yosh)
Tavallud joyi Wigan, Angliya
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013—2015 Blackpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Blackpool 3 (0)
2015—2019 Stoke City 0 (0)
2016Kilmarnock (ijara) 1 (0)
2019Falkirk (ijara) 14 (1)
2019—2020 Barrow 2 (0)
2020Blyth Spartans (ijara) 9 (0)
2021 Warrington Town 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 31-oktyabr uchun)

Mark Thomas Waddington (talaffuzi: Mark Tomas Uoddington) (1996-yil 11-oktabrda tugʻilgan) — professional futbolchi.

Mark Waddington oʻz faoliyatini „Blackpool“ futbol klubining ysohlar jamoasida boshlagan.Keyinchalik, Mark Waddington 2014—2015-yilgi mavsumda klubning birinchi jamoasiga oʻtgan. U 2015-yilning iyulida „Stoke City“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Waddington „Stoke“ futbol klubida asosiy tarkibga kirmagan va Shotlandiyaning „Kilmarnock“ va „Falkirk“ futbol jamoalarida ijara asosida oʻynagan. Mark Waddington „Barrow“ futbol klubiga 2019-yil iyun oyida qoʻshilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mark Waddington Angliyaning Wigan shahrida tugʻilgan va Standish oʻrta maktabida oʻqigan. Waddington oʻz faoliyatini „Blackpool“ futbol klubining akademiyasida boshlagan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackpool[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mark Waddington, 17 yoshida, 2014-yil 12-avgustda „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda asosiy jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan[3]. 2015-yilning 9-yanvarida haftasiga 200 funt sterlinglik professional shartnomani rad etgandan soʻng, Mark Waddington va uning hamkasbi Dom Telfordni „Blackpool“ futbol klubi rahbari Karl Oyston uning taklifini qabul qilmaguncha ular klubning yoshlar jamoasida oʻynashini aytgan.  2015-yilning 13-fevralida Mark Waddington mashgʻulot paytida oʻng oyogʻining suyagini sindirib olgan. Shundan soʻng, Mark Waddington 2014—2015-yilgi mavsumning qolgan qismiga safdan chiqarilgan[4]. Keyinroq uning oʻng oyogʻini operatsiya qilish kerakligi maʼlum boʻlgan[5].

Stoke City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Waddington 2015-yil iyul oyida „Blackpool“ futbol klubidagi jamoadoshi Dom Telford bilan birga „Stoke City“ futbol klubi safiga oʻtgan[6]. Mark Waddington 2018—2019-yilgi mavsum oxirida klubning asosiy jamoasiga kira olmagani uchun „Stoke City“ futbol klubini tark etgan[7].

Kilmarnock (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mark Waddington „Kilmarnock“ futbol klubiga 2016-yil 24-iyun kuni ijara asosida qoʻshilgan[8]. 2016-yilning 23-iyulida Waddington „Kilmarnok“ klubi safidagi ilk oʻyinini „Greenock Morton“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. 2016-yilning 31-avgustida Waddingtonning ijara muddati qisqartirilgan va u „Stoke City“ futbol klubiga qaytgan[9].

Falkirk (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 3-yanvarida Mark Waddington 2018—2019-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Shotlandiya chempionati vakili „Falkirk“ futbol jamoasiga qoʻshilgan[10].

Barrow[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 28-iyun kuni Mark Waddington Milliy liga vakili „Barrow“ futbol klubi safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[11]. Mavsum oxirida Mark Waddington klubni tark etgan[12].

Blyth Spartans (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 3-yanvarda Mark Waddington 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Shimoliy Milliy liga vakili „Blyth Spartans“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Mark Waddington ijara davrida klub uchun 9 marta maydonga tushgan.

Warrington Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil iyul oyida Mark Waddington Shimoliy Premyer liga vakili „Warrington Town“ futbol klubi sasfiga qoʻshilgan[13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 8-fevral holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Blackpool 2014—2015 Chempionat 3 0 1 0 1 0 5 0
Stoke City 2015—2016 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2017—2018 Premyer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2018—2019 EFL Chempionati 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Stoke City U23 2017—2018 2 0 2 0
2018—2019 3 0 3 0
Jami 5 0 5 0
Kilmarnock (ijara) 2016—2017 Shotlandiya Premyer ligasi 1 0 0 0 1 0 0 0 2 0
Falkirk (ijara) 2018—2019 Shotlandiya chempionati 14 1 0 0 0 0 0 0 14 1
Barrow 2019—2020 Milliy liga 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Blyth Spartans (ijara) 2019—2020 Shimoliy Milliy liga 9 0 0 0 0 0 0 0 9 0
Jami 29 1 1 0 1 0 5 0 37 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Football League Retained List“. The Football League (12-iyun 2015-yil). Qaraldi: 16-iyun 2015-yil.
  2. „Standish Star signs 3 year deal...“. Stadish School. 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2016-yil.
  3. „Shrewsbury 1-0 Blackpool“. BBC Sport (12-avgust 2014-yil). Qaraldi: 13-avgust 2014-yil.
  4. „Albion transfer target out for the season“. The Argus (16-fevral 2015-yil). Qaraldi: 17-mart 2015-yil.
  5. „Injury Blow For Waddington“. Blackpool F.C. (16-fevral 2015-yil). Qaraldi: 17-mart 2015-yil.
  6. „Blackpool pair Waddington and Telford join Stoke“. Blackpool Gazette. 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2015-yil.
  7. „POTTERS SUBMIT RETAINED LIST“. Stoke City. Qaraldi: 20-may 2019-yil.
  8. „Kilmarnock add 11 new signings, with five of them on loan“. bbc.co.uk/sport. BBC Sport (24-iyun 2016-yil). Qaraldi: 24-iyun 2016-yil.
  9. „Kilmarnock end loans for Stoke's Mark Waddington and Swansea's Oliver Davies“. BBC Sport. BBC (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  10. „U23 midfielder heads out on loan“. Stoke City. Qaraldi: 3-yanvar 2019-yil.
  11. „Former Stoke City midfielder Mark Waddington becomes Barrow AFC's sixth summer signing“. The Mail. Qaraldi: 29-iyun 2019-yil.
  12. „Released & Retained List“. www.barrowafc.com (6-iyul 2020-yil). 2020-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2020-yil.
  13. „Waddington heads to Town“. www.warringtontownfc.co.uk (23-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2021-yil.