Mark Menson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Menson
Tavalludi 9-mart 1984-yil (1984-03-09) (40 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • Yozuvchi
  • blogger
Turmush oʻrtogʻi
Fernanda Neute (turm. 2016)
Veb-sayti markmanson.net

Mark Menson (1984-yil 9-martda tugʻilgan) — amerikalik muallifi va blogger. 2022-yil holatiga koʻra u toʻrtta kitob muallifi. Shulardan uchtasi, “Beparvolikning nozik sanʼati”, “ Hammasi rasvo: Umid haqida kitob” va “Will" The New York Times bestselleri hisoblanadi. Uning kitoblari 13 milliondan ortiq nusxada sotilgan.[1]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mark Menson AQSHning Ostin shahrida (Texas) katta boʻlgan.[2] U oʻqish uchun Massachusets shtatining Boston shahriga koʻchib oʻtadi va 2007-yilda Boston universitetini tamomlagan.[3][4] 2016-yilda Fernanda Neutega uylangan. 

Bloglari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manson 2008-yilda uchrashuvga chiqish boʻyicha maslahatlar haqidagi birinchi blogini boshlagan.[5]

2010-yilda u erkaklar uchun umumiy hayotiy maslahatlar beradigan post masculine (hozirda oʻchirilgan) deb nomlangan yangi blogini ochadi.[6] Menson oʻz blogini 2013-yilda markmanson.net saytiga koʻchiradi .[6]

2015-yilda Menson oʻzining „Beparvolikning nozik sanʼati“ deb nomlangan ikkinchi kitobiga asoslangan maqola chop etadi.[7]

Nashr tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menson BookCon 2019 ko‘rgazmasida o‘zining “ Hammasi rasvo” kitobiga imzo chekmoqda

Mensonning birinchi kitobi “Models: Attract Women Through Honesty” 2011-yilda mustaqil ravishda nashr etilgan[8] Ushbu kitob 2017-yilda Avstraliyada Pan Makmillan tomonidan qayta nashr etilgan[9]

Uning ikkinchi kitobi “Beparvolikning nozik sanʼati” 2016-yilda chop etilgan[10] U 2016-yil 2-oktabr haftasida New York Times Bestseller roʻyxatida “Qanday qilish kerak” va “Har xil” turkumlarida oltinchi oʻrinda paydo boʻldi.[11][12] va 2017-yil 16-iyulda roʻyxatda birinchi oʻringa koʻtarildi.[11] 2020-yilning may oyi holatiga koʻra, kitob 179 hafta davomida top 10[13] qatoriga kirdi va 12 million nusxadan ortiq sotilgan.[14]

Mensonning uchinchi kitobi “ Hammasi rasvo: Umid haqida kitob ” HarperCollins tomonidan 2019-yilda chop etilgan[15] U New York Times'ning maslahatlar boʻyicha bestsellerlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan.[16]

2018-yil oktyabr oyida Penguin Random House Will Smithning avtobiografiyasini yozish uchun Menson bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi.[17] Kitob 2021-yil noyabr oyida nashr etilgan.[18]

2020-yil dekabr oyida Audible orqali Love Is Not Enough nomli audiokitob chiqardi.[19]

Tanqidiy javob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erica Rivera, Mandatory uchun yozgan, kitobdagi Manson obrazini „erkak bilan erkak suhbat kabi oʻtmas“ deb taʼriflaydi[20] va Ketrin Pushkar buni „quruq va kulguli gaplar“ va uning falsafasi: „hayot murakkab, siz alohida tanlab olingan emassiz, baxt - bu quruq maqsad va shuning uchun arzirli narsaga eʼtiboringizni qaratishingiz kerak deb tanqid qilgan. York Daily News .[21]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Media Kit“.
  2. Vongkiatkajorn. „Stop Trying to Feel Awesome All the Time, Says Millennial Whisperer“. Mother Jones. Qaraldi: 6-oktabr 2016-yil.
  3. „Knihy autora Mark Manson“ (slovakcha). 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
  4. Manson. „About Mark“ (inglizcha). 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
  5. „The Subtle art of Successful Blogging – an interview with NYT Bestseller Mark Manson“ (7-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  6. 6,0 6,1 „Mark Manson: We do awful things in relationships because we're scared or hurt“. The Guardian (26-mart 2020-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  7. „"The Subtle Art Of Not Giving A F*ck" Author Actually Gives A Few“. BuzzFeed News (23-iyul 2019-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  8. Manson, Mark. Models: Attract Women Through Honesty. Createspace Independent Pub, 22-iyul 2011-yil. ISBN 9781463750350. 
  9. Manson, Mark. Models: Attract Women Through Honesty. Pan Macmillan Australia, 11-sentabr 2017-yil. ISBN 9781760558161. 
  10. „MIT Library Catalog“. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  11. 11,0 11,1 „Best Sellers: Advice, How-To & Miscellaneous—July 16, 2017“. The New York Times (16-iyul 2017-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  12. „Best Sellers: Advice, How-To & Miscellaneous—October 1, 2016“. The New York Times (2-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 21-iyul 2019-yil.
  13. „New York Times Best-Sellers: Advice, How-To, and Miscellaneous“. New York Times. Qaraldi: 27-may 2020-yil. }}
  14. „The Guru Burns Out“. New York Magazine (23-iyun 2022-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  15. „Everything Is F*cked“. HarperCollins Publishers (14-may 2019-yil). Qaraldi: 15-may 2019-yil.
  16. „New York Times Bestsellers: Advice, How-to, Miscellaneous—Week of May 26, 2019“. New York Times. Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  17. „Penguin Random House Acquires Will Smith's Autobiography“. Penguin Random House (19-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 27-may 2020-yil.
  18. „Will by Will Smith with Mark Manson“. Penguin Random House (9-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  19. Love is Not Enough. 
  20. Rivera. „Interview: Mark Manson on "The Subtle Art of Not Giving A F*ck"“. Mandatory (2016-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 21-iyul 2019-yil.
  21. Pushkar. „The last f—king self-help book you'll ever buy“. NY Daily News. Qaraldi: 6-oktabr 2016-yil.