Mark Convery

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Convery
Convery York City klubi safida 2007-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mark Peter Convery[1]
Tavallud sanasi 29-may 1981-yil (1981-05-29) (42 yosh)
Tavallud joyi Newcastle upon Tyne, Angliya
Boʻyi 1.68 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Whitley Bay
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2000 Sunderland
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2001 Sunderland 0 (0)
2000—2001Hvidovre IF (ijara) 5 (0)
2001—2005 Darlington 76 (2)
2005—2007 York City 67 (8)
2007—2009 Cambridge United 33 (3)
2008Weymouth (ijara) 6 (0)
2009 Newcastle Blue Star ? (?)
2009—2010 Darlington 21 (0)
2010 Bedlington Terriers ? (?)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2010-yil 24-avgust uchun)

Mark Peter Convery (talaffuzi: Mark Piter Konveri) (1981-yil 29-mayda tugʻilgan) — angliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Mark Convery 2015-yilning noyabridan beri „Newcastle Benfield“ futbol klubini boshqarib kelmoqda[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliyaning Newcastle upon Tyne shahrida tugʻilgan Convery oʻz faoliyatini 1999-yilda „Sunderland“ futbol klubida boshlagan va 2000-yilning iyul oyida Daniyaning „Hvidovre IF“ futbol klubi jamoasiga toʻrt oyga ijaraga oʻtgan[4][5]. Mark Convery jamoadagi ilk oʻyinini 2000-yil 30-iyulda „Ølstykke FC“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. U ijara davrida jami oltita oʻyinda maydonga tushgan[6].

Mark Convery 2008-yilda Cambridge United" futbol klubida

Mark Convery Uchinchi divizion vakili „Darlington“ futbol klubi bilan 2001-yilning yanvarida bepul transfer evaziga shartnoma imzoladi[7].

2005-yil 30-iyun kuni Mark Convery „York City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[8]. 2006-yilning iyul oyida unga klub bilan shartnomani uzaytirish taklif qilinganidan keyin „York“ klubi bilan yangi shartnoma imzoladi[9]. Mark Convery 2006—2007-yilgi mavsum oxirida „York City“ futbol klubini tark etdi[10].

Mark Convery 2007-yil 2-iyulda „Cambridge United“ futbol klubi bilan ikki yilga moʻljallangan shartnomaga rozilik bildirdi[11]. U 2007-yilning avgust oyida sobiq klubi „York“ga qarshi oʻyinda yangi klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[12]. Ushbu oʻyinda Mark Convery tizzasidan jarohat oldi[13]. U mart oyida 2007—2008-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Weymouth“ futbol klubiga qoʻshildi[14][15]. Convery mavsum tugaganidan keyin „Cambridge“ klubini tark etishi kerak edi ammo u 2009-yilning 24-martida klub Mark Converyga yozda yangi shartnoma taklif qilmasligini maʼlum qilganidan keyin klubni tark etdi[16]. Keyinchalik Mark Convery „Newcastle Blue Star“ futbol klubiga qoʻshildi[17].

Mark Convery 2009—2010-yilgi mavsum boshidagi bir nechta mavsumoldi oʻyinlarida „Darlington“ klubi safida harakat qildi[18].

Mark Convery 2010-yilning yozida Shimoliy Liga birinchi divizioni vakili „Bedlington Terriers“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi[19].

Keyin Mark Convery 2013-yilning yozida Shimoliy Liga Birinchi divizioni vakili „Whitley Bay“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sunderland 2000—2001 Premier League 0 0 0 0 0 0
Hvidovre (ijara) 2000—2001 Daniya Birinchi divizioni 5 0 1 0 6 0
Darlington 2000—2001 Uchinchi divizion 11 0 1 0 12 0
2001—2002 Uchinchi divizion 17 0 2 0 1 0 0 0 20 0
2002—2003 Uchinchi divizion 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2003—2004 Uchinchi divizion 25 2 0 0 0 0 1 0 26 2
2004—2005 Ikkinchi liga 23 0 1 0 1 0 1 0 26 0
Jami 76 2 3 0 2 0 4 0 85 2
York City 2005—2006 Fotbal konferensiyasi 42 6 2 1 1 0 45 7
2006—2007 Fotbal konferensiyasi 24 2 0 0 1 0 25 2
Jami 66 8 2 1 2 0 70 9
Cambridge United 2007—2008 Premer konferensiyasi 21 2 2 0 0 0 2 0 25 2
2008—2009 Premer konferensiyasi 12 1 0 0 1 0 0 0 13 1
Jami 33 3 2 0 1 0 2 0 38 3
Weymouth (ijara) 2007—2008 Premer konferensiyasi 5 0 5 0
Darlington 2009—2010 Ikkinchi liga 21 0 1 0 0 0 2 1 24 1
Jami 206 13 9 1 3 0 10 1 228 15

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hugman, Barry J.. The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 134 bet. ISBN 1-85291-665-6. 
  2. „Profiles“. Darlington F.C.. 12-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-avgust 2010-yil.
  3. „Former Quaker Convery appointed Benfield joint manager“. The Northern Echo (22-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 4-avgust 2017-yil.
  4. „Mark Convery“. Soccerbase. 2007-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2007-yil.
  5. Nixon, Alan. „Amokachi aims for Maine Road chance“. The Independent on Sunday (8-iyul 2000-yil), s. 28. Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
  6. „Mark Convery“ (datcha). Hvidovre Fanklub. Qaraldi: 18-noyabr 2008-yil. [sayt ishlamaydi]
  7. „Convery joins Darlington“. BBC Sport (29-yanvar 2001-yil). Qaraldi: 15-fevral 2007-yil.
  8. „Convery completes York City move“. BBC Sport (30-iyun 2005-yil). Qaraldi: 15-fevral 2007-yil.
  9. „Trio sign fresh contracts at York“. BBC Sport (13-iyul 2006-yil). Qaraldi: 25-fevral 2007-yil.
  10. „York boss releases eight players“. BBC Sport (16-may 2007-yil). Qaraldi: 16-may 2007-yil.
  11. „Cambridge sign midfielder Convery“. BB Sport (2-iyul 2007-yil). Qaraldi: 2-iyul 2007-yil.
  12. „York City v Cambridge“. Cambridge United F.C.. 2007-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2007-yil.
  13. „U's star Davies forced to retire“. BBC Sport (14-avgust 2007-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2007-yil.
  14. „Convery on Terras Loan“. Cambridge United F.C. (26-mart 2008-yil). Qaraldi: 26-mart 2008-yil.[sayt ishlamaydi]
  15. „Farsley Celtic 4–2 Weymouth“. BBC Sport (29-mart 2008-yil). Qaraldi: 31-mart 2008-yil.
  16. „Injury-prone Convery free to leave U's“. Cambridge News (25-mart 2009-yil). 19-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2009-yil.
  17. „Convery coup for Blue Star“. Non-League Daily (30-mart 2009-yil). 8-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2009-yil.
  18. „Convery earns a place in Quakers squad“. Vital Football (5-avgust 2009-yil). 6-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2009-yil.
  19. „Bedlington boss tries to lower expectations“. Evening Chronicle (9-avgust 2010-yil). Qaraldi: 24-avgust 2010-yil.