Mariya yurineyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya yurineyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Yurineya
Oila: Murakkabguldoshlar
Binar nomi
Jurinea mariae

Mariya yurineyasi (lotincha: Jurinea mariae) – ikki urugʻpallalilar sinfi, murakkabguldoshlar oilasi, yurineya turkumiga kiruvchi koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom tizmasi, Nanay qishlogʻi atrofida tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 45 sm gacha yetadigan koʻp yillik gulli oʻt oʻsimlik. Poyasi shoxlanmagan, tik qirrali, sirti gʻuj-gʻuj paxmoq tuklar bilan qoplangan. Barglari burishgan, kichik, bezchali, ustki tomonining sirti siyrak paxmoq tuklar bilan qoplangan, ostki qismi kulrang ingichka tukli, poyada navbatma-navbat joylashgan. Yopirma barglari va poyaning pastki qismidagi barglari qisqa bandli, barg plastinkalari yarmigacha tishli, boʻlaklarga boʻlingan. Poyaning oʻrta qismidagi barglari bandsiz butun, tishchalari yoʻq. Toʻpguli savatcha shaklida. Gullari bir jinsli urugʻchibarg va changdon alohida gullarda joylashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Nashtarsimon oʻrama bargchalari ost tomondan toʻpgulni oʻrab turadi. Gultojibarglari qirmizi yoki pushti tusda. Iyul avgust oylarida gullab mevasi sentabrda pishib yetiladi. Urug‘i quruq pista meva, teskari piramidasimon shaklda yuzasi silliq, tuksiz. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Piskom tizmasi, Nanay qishlogʻi atrofida uchraydi. Togʻlarning yuqori qismidagi toshli surilmalarda oʻsadi. Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan. Maʼlum bir oʻsish sharoitiga moslashganligi sababli areali qisqarib ketgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jurinea mariae Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.