Mariya Muxortova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya Muxortova
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya
Tavalludi 20-noyabr 1985-yil (1985-11-20) (38 yosh)
Sankt-Peterburg
Boʻyi 1.62 m (5 ft 4 in)
Oldingi sheriklari Jérôme Blanchard
Murabbiyi Oleg Vasiliev
Oldingi murabbiylari Artur Dmitriyev
Oldingi xoreograflari Tatyana Druchinina
Jamoasi St. Petersburg Skating School
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 73.54
Erkin dastur 128.57

Mariya Vladimirovna Muxortova (ruscha: Мария Владимировна Мухортова; 1985-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Maksim Trankov bilan birga 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori, besh karra Gran-pri turnirining (shu jumladan, Trophee Erik Bompardning bitta oltin medali) gʻolibasi, 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va 2007-yilgi Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibasi boʻlgan. Mariya Jérôme Blanchard bilan juftlikda bir mavsum raqobatlashgan[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxortova Sankt-Peterburgda tugʻilgan, 6 yoshida otasining tugʻilgan shahri Lipetskda konkida uchishni boshlagan. Mariya konkida uchishga qiziqib qolgan, ammo Lipetskda konkida uchish uchun imkoniyat boʻlmagan, shuning uchun onasi uni oʻn uch yoshida Sankt-Peterburgga olib ketgan[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muxortova va Maksim Trankovga Lyudmila Velikova hamda Nikolay Velikov murabbiylik qilgan. U paytda Maksimning sherigi boshqa ayol boʻlgan. Muxortova 2001 — 2002 va 2002 — 2003-yilgi mavsumdabirinchi marta Pavel Lebedev bilan juftlikda konkida uchgan, u bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida qatnashgan. Juftlik 2002 — 2003-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

2004-yilda Maksim Trankov bilan juftlashgan Mariya, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va 2004-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda juftlik, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turniri doirasida oʻtkazilgan 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2005 — 2006-yilgi Juftlik Olimpiya mavsumida Tatyana Totmianina / Maksim Marinin juftligi musobaqani tark etganidan keyin 2006-yilgi Jahon chempionatida qatnashish uchun tanlangan. Ular chempionatda 12-oʻrinni egallashgan.

2006 — 2007-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov 2007-yilgi Rossiyaning milliy chempioni boʻlishgan, ammo Mariyaning mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishgan. Juftlik 2007-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan va bir pogʻona yuqorilab 11-oʻringa koʻtarilgan. Keyingi mavsumda ular 2008-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar va 2008-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida 7-oʻrinni egallaganilar.

2008 — 2009-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov juftligi birinchi Gran-pri finaliga yoʻl olgan, 2009-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida 5-oʻringa koʻtarilgan.

2008 — 2010-yilgi mavsumda juftlik 2009 Trophée Eric Bompard musobaqasiga tayinlangan, u yerda oʻz koʻrsatkichlarini yangilagan va ikki karra jahon chempioni boʻlgan Aliona Savchenko va Robin Szolkovini magʻlub etgan. Ularning ikkinchi Gran-pri musobaqasi 2009 Skate Canada turniri. 2009 Skate Canada turnirida juftlik ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2010-yilgi Yevropa chempionatida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yttinchi oʻrindan joy olgan. 2010-yil mart oyida Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ular 4-oʻrinni egallashgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim Trankov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2009 — 2010 Appassionata

ㅤ Secret Garden
  • Love Story
  • Francis Lai
  • Cinema Paradiso
    Ennio Morricone va Andrea Morricone
2008 — 2009 Nobody Home

Pink Floyd

ㅤ ㅤ London Symphonic Orchestra
The Lady and the Hooligan
Dmitri Shostakovich
2007 — 2008 Otonal

ㅤ Raúl di Blasio
Prelude in C sharp minor

Sergei Rachmaninov
2006 — 2007 Music for Cinema

Alfred Schnittke
Elegy

Sergei Rachmaninov
2005 — 2006 Baxter (saundtrek) Rhapsody on a Theme of Paganini

Sergei Rachmaninov
2004 — 2005 Quidam
Cirque du Soleil

ㅤ René Dupéré
El dia que me quieras

ㅤ Raúl di Blasio
2003 — 2004 Melodies of the White Night
Isaac Schwartz
El dia que me quieras

ㅤ Raúl di Blasio

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maksim Trankov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2003 — 2004 2004 — 2005 2005 — 2006 2006 — 2007 2007 — 2008 2008 — 2009 2009 — 2010
Olimpiada 7
Jahon chempionati 12 11 7 5 4
Yevropa chempionati 2 3 3
Gran-pri finali 6 4
GP Bompard 3 2 1ㅤ
Rossiya GP kubogi 6 4 7 4
GP Skate America 5 3
GP Skate Canada 7 2
Finlandia Trophy 1ㅤ
Nebelhorn 2
Universiada 3
Xalqaro: Oʻsmirlar
Yevropa chempionati 3 1ㅤ
JGP finali 3 1ㅤ
JGP Xitoy 1ㅤ
JGP Chexiya 1ㅤ
JGP Germaniya 1ㅤ
JGP Polsha 1ㅤ
Milliy
Rossiya chempionati 1-J. WD 3 1ㅤ 2 2 2
GP = Gran-pri; JGP = oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
J. = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Maria MUKHORTOVA / Maxim TRANKOV: 2007/2008“. International Skating Union. 2008-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Maria MUKHORTOVA / Maxim TRANKOV: 2008/2009“. International Skating Union. 2009-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Russian Ice Stars“. RussianIceStars.com. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.