Mariya Butirskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariya Butirskaya
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Mariya Butirskaya
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Moskva

Mariya Viktorovna Butirskaya (ruscha: Мария Викторовна Бутырская; 1972-yil 28-iyun, Moskva) — rossiyalik figurali uchuvchi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi, ayollar oʻrtasidagi yakka holda figurali uchish musobaqalarida birinchi rossiyalik jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni, olti karra Rossiya chempioni. Hozirda figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda .

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariya Butirskaya besh yoshida konkida uchishni boshladi. Butirskaya dastlab Moskvaning Leningrad viloyatidagi „Vimpel“ sport klubida shugʻullangan.

Mariyaning birinchi murabbiyi uni juda iqtidorli va mehnatkash qiz deb hisoblardi. Mariya barcha bolalar musobaqalarida gʻolib chiqqan. Bir necha yil oʻtgach, murabbiyi tugʻruq taʼtiliga chiqqan, Mariya esa boshqa murabbiy guruhiga qoʻshilgan, ammo bu murabbiy bilan munosabatlari yaxshi boʻlmagan. Mariya bir necha oy davomida konkida uchmagan, oʻziga ishonchini yoʻqotgan va ortiqcha vazn orttirgan. Bu haqda birinchi ustozi bilgach, sevimli shogirdini konkida uchishni davom ettirishga ishontirgan va Vladimir Kovalyov Mariyani guruhga taklif qilgan, 1991-yilda Mariya taniqli murabbiy Viktor Kudryavtsev guruhigakoʻchib oʻtgan. Mariyaning dasturlari klassik musiqadan tez-tez foydalanishi bilan boshqalarnikidan ajralib turardi. Mariya 1999-yilgi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rossiya ayollar figurali uchish tarixidagi birinchi jahon chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumda Butirskaya 1998 — 1999-yillardagi Gran-pri finalida ikkinchi oʻrin sohibi boʻlgan, uni oʻzbekistonlik Tatyana Malinina ortda qoldirgan.

Mariya Butirskaya sport faoliyatini 2003-yilda yakunlagan. Oʻshandan beri u asosan yosh bolalar murabbiyi boʻlib ishlaydi[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mariya 2006-yil 11-avgustda xokkeychi Vadim Xomitskiyga turmushga chiqdi. Butirskaya 2007-yil 17-aprelda Vladislav ismli oʻgʻil farzandini, 2009-yil 3-iyunda Aleksandra ismli qiz farzandini[2][3] va 2017-yil may oyida oʻgʻli Gordeyni[4] dunyoga keltirdi.

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa/mavsum 1991 — 92 ㅤ 1992 — 93 ㅤ 1993 — 94 ㅤ 1994 — 95 ㅤ 1995 — 96 ㅤ 1996 — 97 ㅤ 1997 — 98 ㅤ 1998 — 99 ㅤ 1999 — 00 2000 — 01 2001 — 02
Qishki Olimpiya oʻyinlari 4 6
Jahon chempionati 29 4 5 3 1 3 4
Yevropa chempionati 5 4 7 3 4 1 1 2 2 1
Rossiya va SSSR chempionati 3 1 2 1 1 1 1 1 2 3 2
Gran-pri finali 7 4 3 2 3 4 4
Skate America 10 1
Skate Canada 2
Sparkassen kubogi 2 1 1 1
Trophee Lalique 2 1 1 1 1
NHK Trophy 5 5 1 2 1 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]