Marhamat Yoʻldosheva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marhamat Yoʻldosheva
Tavalludi 10-fevral 1920-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Toʻqimachilik sanoati xodimi, ishchi
Unvoni
Mukofotlari

Marhamat Yoʻldosheva (1920-yil, Toshkent shahri — ?) — ishchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1960), KPSS aʼzosi (1960)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marhamat Yoʻldosheva 1920-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Yoʻldosheva 1934-yildan Toshkent toʻqimachilik kombinatining 2-yigiruv fabrikasida piliklovchi boʻlib ishlagan. Kombinatda uzoq yillar samarali mehnat qilib, koʻplab shogirdlar yetishtirdi. 1970-yildan pensiyada[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1974, s. 219
  2. OʻzSE 1974, s. 220

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, V tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1974 — 640 bet.