Margarit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Margarit (yun. margarites — marvarid) — qatli silikatlar kenja sinfiga mansub mineral (murt slyudalar guruhidan), H2CaAl2Si2O|2. Qoʻshimchalardan, kupincha, Na, Fe, Mg, baʼzan Be va Li. Monoklin singoniyada kristallanadi. Ajralish shakli — plastinkasimon va tangasimon agregatlar. Rangi marvaridsimon oq, sargʻimtir, pushti; kulrangsimon tovlanadi. Yaltiroqligi sadafsimon. Qovushqoqligi bir yoʻnalishli mukammal. Qattikligi 3,5—4,5; zichligi 3,0—3,1 g/sm3. Moʻrt. Metamorfik slanetslarda, kupincha, korund bilan birga hosil buladi. Ilgari M. nisbatan kamyob mineral hisoblanar edi, keyinchalik oddiy jins xrsil qiluvchi mineral ekanligi maʼlum buldi. Oʻzbekistonda kristalli slanetslarda va najdak bilan birga uchraydi. Horijda Shveysariya, Kanada, Gretsiya, Qozogʻiston (Semizbugʻi), RF va boshqa mamlakatlarda bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil