Kontent qismiga oʻtish

Margarete Bagshaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Margarete Bagshaw-Tindel
Tavalludi 1964-yil 11-noyabr
Vafoti 2015-yil 19-mart
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Rassom
Millati amerikalik

Margarete Bagshow (1964-yil 11-noyabr2015-yil 19-mart) – oʻzining rasmlari va kulolchilik ishlari bilan tanilgan amerikalik rassom. U Nyu-Meksiko shtatidagi Santa Klara Pueblo K’apovi yoki Khaʼp’oo Owinge shahridagi Teva xalqidan kelib chiqqan[1].

Hayotining dastlabki davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Margarete Bagshow 1964-yil 11-noyabrda tugʻilgan. Rassom Helen Hardin va Pat Terrazasning qizi hamda Santa Klara Pueblo rassomi Pablita Velardening nabirasi edi[2][3].

Bagshow Nyu-Meksikoda oʻsgan va umrining koʻp qismini Albukerke va Santa Fe shaharlarida oʻtkazgan. Shuningdek, yosh bolaligida u onasi bilan bir necha yil davomida Kolumbiya va Gvatemalada yashagan[4].

U 19 yoshida usta Greg Tindel bilan oila qurdi[5]. U 1990-yilgacha ijod qilmagan. Margarete Bagshow ikkinchi farzandiga homilador boʻlganida oʻz asarlarini yaratishni boshlaydi. Rassom sifatida ish boshlaganida turmush oʻrtogʻi Tindel uni oʻz asarlarini boshqalar bilan baham koʻrishga undagan. Bir qator ijobiy baholardan keyin Bagshow rassom sifatidagi faoliyatiga jiddiy yondasha boshlaydi.

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2006-yilda Greg Tindel bilan ajrashadi. Keyinchalik ikkinchi marta Dan McGuinness bilan oila quradi va u bilan Amerikaning Virgin orollariga koʻchib oʻtadi[6]. U ISW Studios ovoz yozish va multimedia studiyasining asoschisi hamda hammuassisi edi[7]. Virjiniya orollarida boʻlganida u rasm chizishda davom etdi.

Er-xotin 2009-yilda Nyu-Meksikoga qaytishdi[8]. 2009-yildan 2015-yilgacha er-xotin Nyu-Meksikodagi „Oltin Tong“ galereyasiga egalik qilishgan.

2012-yilda Margarete Bagshow Santa-Fe shahridagi buvisining merosidan hududda tubjoy amerikalik rassomlarga bagʻishlangan Pablita Velarde hind ayollari muzeyiga asos solgan[9].

2012-yilda Bagshow oʻzining oʻzi, onasi va buvisining tarjimai holini yozgan va nashr etgan. Bagshowning xotiralarida uning erta hayoti, taniqli rassomlar oilasida yashaganligi haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, u oʻzining badiiy va biznes hayoti haqida batafsil yozgan.

2015-yilning 19-martida Margarete Bagshow insultdan soʻng 50 yoshida vafot etdi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1984-yilda Greg Tindelga turmushga chiqdi va birgalikda Forrest Tindel va Helen K.Tindel ismli ikki farzand ko'rdi. Uning qizi rassom[10]. Er-xotin 2006-yilda ajrashishdi.

Uning ikkinchi nikohi Dan McGuinness bilan bo'lgan va ular 2015-yilda vafotigacha birga yashagan.

  1. [=set_name:%22K%27apovi+%28Santa+Clara+Pueblo%29%22&edan_fq[]=date:%222000s%22&edan_fq[]=object_type:%22Paintings%22 „Collections Search Results“]. National Museum of American History, Smithsonian Institution. — „Photographer: Margarete Bagshaw (Margaret Bagshaw/Margarete Bagshaw-Tindel), K'apovi (Santa Clara Pueblo), 1964-2015“.
  2. Nelson, Kate „The Rule of Three, Margarete Bagshaw“. El Palcino (2011). 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
  3. „Santa Fe artist Margarete Bagshaw dies at age 50“. abqjournal.com. Qaraldi: 2015-yil 21-mart.
  4. „Margerete Bagshaw-Tindel“. Mutual Art (2002).
  5. Indyke, Dottie „Native Arts: Margarete Bagshaw-Tindel“ (en-US). Southwest Art Magazine (2005-yil 3-avgust). Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.
  6. Quintana, Chris. „Margarete Bagshaw, 1964-2015: Woman from line of iconic Native artists made own mark with modernism“ (en). Santa Fe New Mexican (2015-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  7. Abatemarco, Michael „Distaff honors: Museum of Indian Arts and Culture“ (en). Santa Fe New Mexican. Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.
  8. Oxford, Andrew „Artist's children file malpractice suit in estate battle“ (en). The Santa Fe New Mexican (2016-yil 23-mart). Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.
  9. „The Pablita Velarde Museum of Indian Women in the Arts“ (en). Santafe.com (2013). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  10. Abatemarco, Michael „On passing the torch: A Pueblo painting dynasty“ (en). Santa Fe New Mexican. Qaraldi: 2019-yil 5-noyabr.