Marganetsli oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Marganetsli oʻgʻitlar - tarkibida marganets boʻlgan oʻgʻitlar. M.oʻ.ga maxsus tayyorlangan oʻgʻitlar va preparatlar, marganets bilan boyitilgan mineral oʻgʻitlar va baʼzi sanoat chiqindilari kiradi. M.oʻ. sifatida marganetsli superfosfat (2-3% MpO, 17-18% R2O5), marganets sulfat (MnSO4), tarkibida marganets boʻlgan preparat (3,5— 4,5% MpO); tarkibida fosfor va marganets boʻlgan preparat (18% MnSO4); marganetsli shlam (12—22% MpO) ishlatiladi. Marganetsli superfosfat (tarkibida 17—18% R2O5 va 2—3% chamasida marganets boʻladi) fos-formarganetsli oʻgʻit hisoblanadi. Kukunsimon superfosfatga marganets shlami qoʻshib donadorlashtiriladi. Marganets sulfat oq yoki och kulrang kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa ekishdan oldin solinadi, vegetatsiya davrida usimliklarni oziqlantirishga hamda ekish oldidan urugʻlarni ishlashda qullaniladi.

Marganetsli oʻgʻitlar tuproqning usimliklar uzlashtira oladigan shakldagi marganets bilan taʼminlanganligiga qarab qoʻllaniladi. Oʻsish davrida Marganetsli oʻgʻitlar gektariga 4–6 kg miqdorda asosiy oʻgʻitlar bilan birga beriladi. Marganetsning muhim manbalaridan biri goʻng hisoblanadi. Yerga gektariga 10—20 t miqdorda goʻng solinganda oʻsimliklarning marganetsga bulgan ehtiyoji tuda qondiriladi (yana q. Mikrooʻgʻitlar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil