Marganets oksidlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Marganets oksidlari - marga netsning kislorodli birikmalari. Marganets oksidlari oltita (MnO, Mn2O3, MnO2, Mn3O4, Mn2O7, Mn5O8) boʻlib, ular suvda erimaydigan kristall moddalardir. Mn2O7 bundan mustasno, u suvda eriydi. Yuqori oksidlari 500—1300° da quyi oksidlarga oʻtadi, kislorod atmosferasida 300°dan yuqorida 2 valentli oksidi toʻrt valentli oksidga aylanadi. Marganets oksidlari minerallar hamda temirmarganets rudalari tarkibiga kiradi.
Monooksid, Mno (manganozit minerali), geksagonal va kub koʻrinishdagi singoniyada mavjud boʻla oladi. Yarimoʻtkazgich va antiferromagnetiklik xossalarini namoyon qiladi, kuchsiz ishqoriy xossaga ega, kizdirilganda vodorod va faol metallar bilan Mp gacha qaytariladi. M.ning gidroksidi, oksalati, nitrat yoki karbonatini parchalab olinadi. U ferritlar, keramik materiallar ishlab chiqarishda, metallarni desul-furlashda, mikrooʻgʻitlar sifatida va piperidinni degidrogenlashda ishlatiladi, antiferromagnit material sifatida ham qoʻllanadi.
Seskvioksid, Mn2O3, a-holidagi romb va /}-holidagi kub koʻrinishidagi modifikatsiyalari maʼlum, tegishlicha kurnakit va biksbiit minerallar sifatida mavjud. 670° da "modifikatsiya /3- modifikatsiyaga oʻtadi. MnOON ni termik parchalash yoʻli bilan olinadi.
Marganets oksid, Mn3O4, ga-usmanit minerali nomi bilan maʼlum boʻlib, 1160° da a-holatidan /3- holatiga oʻtadi. Kimyoviy xossalari MpO va Mp2O3 larniki kabi.
Dioksid, MnO2 marganetsning tabiati eng koʻp tarqalgan birikmasi va barqarori hisoblanib, /3- modifikatsiyasi pirolyuzit minerali nomi bilan yuritiladi. Romb kurinishdagi sin-goniyasi u-MnO2 esa ramsdelit yoki polionit minerali sifatida maʼlum. U Mn(NO3)2, KMnO4 yoki Mp(ON)2 ni parchalab olinadi. Paramagnetik, M.ning boshqa koʻrinishidagi oksidlari xossalarini, shu jumladan, amfoterligini namoyon qiladi. M. va uning birikmalarini olishda, boʻyoq sa-noatida, sikkativlar ishlab chiqarishda, gidrometallurgiyada hamda katalizator sifatida qoʻllanadi.
Marganets (VII)- oksid, Mn2O7 (dimarganets geptaoksid, marganets angidrid) — yashil rangli moysimon suyuqlik, 50°dan yuqorida parchalanadi, kuchli oksidlovchi, yonuvchi moddalarni alangalatadi.
Oksid, Mn5Og. MnO yoki Mn3O4 ni oksidlab olinadi; mnO2 va O2 ga oson parchalanadi.
Gidroksioksid , MpO (ON), ikki modifikatsiyada maʼlum, suvda erimaydi. Marganets oksidlari zaharli.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |