Margʻiyona qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Margʻiyona qoʻzgʻoloni - axomaniylar zulmiga qarshi Margʻiyonada koʻtarilgan ozodlik harakati (miloddan avvalgi 522 yil). Miloddan avvalgi 522 yil 29-sentabrda Axomaniylar davlashipya saroy fitnasi natijasida taxtni Doro egallagan. Saltanatning butun hududi boʻylab xalq qoʻzgʻolonlari boshlangan. Bulardan eng yirigi Margʻiyonada, Frada boshchiligida boʻlgan. Bu qoʻzgolon haqidagi maʼlumotlar Doroning Bihistun kitobalaritsa saqlangan. Unda, jumladan, shunday deyilgan: "Shoh Doro soʻzlaydi: Mar-gush (Margʻiyona) nomli mamlakat mendan ajralib chiqdi. Margʻiyonalik Frada ismli kishini ular (qoʻzgʻolonchilar) rahbar (sardor) etib tayinladilar. Soʻngra men xizmatkorim, Baqtriya satrapi Dodarshish oldiga odam yubordim. Unga shunday dedim: Bor, meniki boʻlishni istamagan oʻsha qoʻshinni tormor keltir. Soʻngra Dodarshish qoʻshin bilan borib margʻiyonaliklar bilan jang qildi. Ahuramazdaning irodasi bilan mening qoʻshinim dushman qoʻshinini butkul tormor etdi. Jang atriyadiya oyining 23kunida (miloddan avvalgi 522 yil 10 dek.) sodir boʻldi. Soʻngra mamlakat meniki boʻldi".

Maʼlumki Bihistun kitobalari 3 tilda: qad. forsiy, elamiy va bobiliy yozuvlarda bitilgan. Bobiliy mat-nda yuqoridagi maʼlumotlardan tashq-ari, qoʻzgʻolonni bostirishda halok boʻlgan va asir olinganlar soni koʻrsatilgan. Unga koʻra, qoʻzgʻolonchilardan 55243 kishi oʻldirilib, 6572 kishi asir olingan. Frada asir olinib, bir yil oʻtgach (miloddan avvalgi 521 yil 27-noyabr), katl qilingan.

Bu — qoʻzgʻolonning naqadar ulkan miqyosda boʻlganligidan, qoʻzgʻolonchilarning qattiq qarshilik koʻrsatganliklaridan darak beradi. Dodarshish qoʻshini tomonidan kilingan mazkur qatli omdan soʻng arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Margʻiyonaning obod, dehq-onchilik vohalari kimsasiz boʻlib qolgan, Margʻiyona qoʻzgʻolonining sanasi (miloddan avvalgi 522 yil 10 dek.) Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida aniq koʻrsatilgan eng qad. sana hisoblanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vaynberg B. I., Staviskiy B. Ya., Istoriya i kultura Sredney Azii v drevnosti, M, 1994.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil